O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida «Jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rni» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov kirish so‘zi bilan ochib berdi:  

— O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradigan, o‘ziga xos alohida o‘ringa ega bo‘lgan til, — deydi N.Mahmudov. — Turkiy tillar bilan tanish bo‘lgan yevropalik olimlar bu til haqida chiroyli ta’riflar aytishgan. Nemis allomasi Fridrix Maks Myuller aytadiki, «Turkiy tillarning grammatikasi shu qadar go‘zal va taraqqiy etganki, xuddi olimlar jamoasi to‘planib o‘tirib, tuzib chiqqanday. Shu qadar tarang va ifoda imkoniyatlari katta bo‘lgan til». Mana shu tillardan bittasi o‘zbek tili. O‘zbek tilining rivojida buyuk allomalarimiz, shoir hamda yozuvchilarimizning juda katta hissasi bor. Afsuski, tarix tekis, silliq ketmaganidek, xilma-xil rivoj va tanazzul holatlari ham bo‘lgan. Shunga qaramasdan tilimiz rivoj topib kelyapti.  

Tadbirda so‘zga chiqqan yozuvchi va shoirlar, olimlar jadidlarning tilga, adabiyotga, davlat tili siyosatiga bo‘lgan munosabatlarining ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritishdi. Konferensiyada jadid ma’rifatparvarlari ijodida alifbo va imlo masalalari, o‘zbek tilining antropotsentrik tadqiqi muammolari yo‘nalishlarida ma’ruzalar tinglandi.  

Yurtimizning taniqli tilshunos va adabiyotshunoslarining ilmiy asoslangan, tarixiy va lingvistik dalillarga boy fikr-mulohazalari yosh tilshunoslarni yanada izlanishga chorlashi shubhasiz.  

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek adabiy tili rivojida jadid ma’rifatparvarlarining o‘rni muhim