Ozarbayjonlik “Qaynona” O‘zbekistonga kelyapti
Hamkorlarimiz sahifalarida
Ozarbayjon Davlat akademik musiqali teatri rejissyori, xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Asker Askerov Yevroosiyo teatrlar assotsiatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekistonda “Qaynona” spektalini sahnalashtirish bo‘yicha ish boshlaydi. Bu haqda “Trend” axborot agentligi ma’lum qilgan.
O‘zbek tiliga o‘girilgan mazkur asar Kattaqo‘rg‘on shahri drama teatrida qo‘yiladi.
- Turli davlatlar madaniyat va san’at namoyandalarini birlashtirgan Yevroosiyo teatrlar assotsiatsiyasi tanlovi bizni juda quvontirdi, - dedi taniqli rejissyor. - “Qaynona” - klassik spektakl. Bu asarni sahnada qayta jonlantirib, mushtarak qadriyatlarimizni namoyish etayotganimizdan mamnunmiz.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda assotsiatsiya vakillari – teatrshunos Oybek Kopadze va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri drama teatri direktori Botir Tog‘alov Bokuda safarda bo‘lib, Ozarbayjon teatr san’atining bugungi yutuqlari bilan yaqindan tanishgan edi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA