Ozarbayjon va Bangladesh aloqalari kengaymoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida Ozarbayjon va Bangladesh tashqi ishlar vazirlari Jeyhun Bayramov va Xalilur Rahmon o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat hukumatlari o‘rtasida diplomatik, rasmiy va xizmat pasporti egalari uchun viza talabini bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar.
“AzerTAJ” xabar berishicha, hujjat rasmiy aloqani rivojlantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mulozimlar Ozarbayjon – Bangladesh munosabatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbolini ham muhokama qildilar. Jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy sheriklik ko‘lamini kengaytirish, ta’lim va gumanitar sohalardagi aloqani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA