Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari 31 avgustda uchrashadi
31 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Trend” agentligi.
Uchrashuv Yevropa Ittifoqi kengashi Prezidenti Sharl Mishel vositachiligida tashkil qilinmoqda.
So‘nggi bor bu “uchlik” – Aliyev, Pashinyan va Mishel uchrashuvi 22 may kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan edi.
Tomonlar Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatni normallashtirish bo‘yicha tuzilajak tinchlik shartnomasi muhokamasini davom ettirishga kelishgandi.