Ozarbayjon TIV chet eldagi harbiy amaliyotda ishtirok etish jinoiy javobgarlikka tortilishidan ogohlantirdi
– Ma’lumki, Rossiya va Ukraina, Yaqin Sharq kabi turli mintaqalarda keskinlik yanada kuchayishi, davom etayotgan qurolli mojarolar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda, – deyilgan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan navbatdagi bayonotda. – Afsuski, qurolli to‘qnashuv va harbiy amaliyot natijasida Ozarbayjon fuqarolari halok bo‘lishi yoki jarohatlanishi holatlari qayd etildi.
Shu munosabat bilan vazirlik fuqarolarni jangovar yoki qurolli mojaro hududiga borishdan tiyilishga chaqirdi. Bundan tashqari, TIV “Ozarbayjon fuqarolarining xorijiy davlatlar hududidagi mojaro va harbiy amaliyotda yollanma askar yoki ko‘ngilli sifatida ishtirok etishi mamlakat qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatdi.
S.Rahimov, O‘zA