Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari bӯlib ӯtmoqda
Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazining tashabbusi bilan Nukusda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari bӯlib ӯtmoqda.
Delegatsiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va madaniyati muzeyida xalqlarimiz ӯrtasidagi dӯstlik aloqalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Mehmonlar I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi bilan tanishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida delegatsiya a’zolarining qabul marosimi bӯlib o‘tdi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining tantanali ochilish marosimi bӯlib ӯtdi. Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati Ganire Pashayeva, Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi direktori Samir Abbosov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojlanishi jarayonlarida ӯtkazilayotgan tadbirning ahamiyatiga tӯxtaldi.
Ozarbayjon va Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.
Mehmonlar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Guseyn Djavid nomidagi Ozarbayjon adabiyoti ӯchog‘i”ning ochilish marosimida ishtirok etdi. Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida talaba yoshlar bilan uchrashuv bӯlib ӯtdi.
Ikki kunlik tadbir chinakam madaniyat, adabiyot va dӯstlik bayramiga aylandi.
[gallery-4339]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA