«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Jahon banki ishtirokida «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihaga asosan Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida joylashgan 110 kV kuchlanishli «2 A», «Xazorasp» va «Chinoz» podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha xalqaro tender savdolari o‘tkazildi. Tender natijalariga ko‘ra, Ozarbayjonning «AZENCO» kompaniyasi g‘olib, deb topildi.

Shu munosabat bilan bugun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ binosida tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Ozarbayjonning «AZENCO» OAJ mas’ullari mazkur investitsiya loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar natijasida elektr ta’minoti yanada yaxshilanishini ta’kidladi.

[gallery-18343]

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar va kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Feruz Qurbonovning ta’kidlashicha, bugungi kunda magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarini rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni jalb qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energetika tarmog‘iga integratsiya qilish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

– Shu maqsadda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» Jahon banki ishtirokida «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» investitsiya loyihasini tatbiq etayapti. Ushbu loyihaning bir qismi sifatida respublika bo‘ylab 110-500 kVli 22 ta podstansiyada modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 110 kV kuchlanishli uchta podstansiyani modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha xalqaro tender savdolari o‘tkazildi. Oltita davlat ishtirok etgan ushbu xalqaro tenderda Ozarbayjonning «AZENCO» kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Energetika sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mazkur kompaniya 18 oy mobaynida yurtimizdagi 3 ta podstansiyani modernizatsiya va rekonstruksiya qiladi. Bu ishlar natijasida 20 mingga yaqin aholining elektr ta’minoti yaxshilanadi, – dedi F.Qurbonov.  

Tadbirda qayd etilganidek, mazkur podstansiyalar ishga tushirilganiga 50 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lib, ularning to‘liq modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi sababli qariyb 100 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi. Bu, o‘z navbatida Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi aholi va sanoat iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini bir necha barobar oshiradi.

– Avvalo, tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritish bizni nihoyatda quvontirdi, – dedi «AZENCO» kompaniyasi ijrochi direktori Parviz Hajiyev. – Shartnoma mablag‘i 800 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ asosida biz yurtingizning uchta hududidagi 3 ta podstansiyani modernizatsiya va rekonstruksiya qilamiz. Buning natijasida ularning quvvati oshirilishiga erishiladi.

Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Ozarbayjonning «AZENCO» kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, kelgusida energetika sohasida davlatlararo o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.  

Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Pardayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon kompaniyasi mamlakatimizdagi 110 kV kuchlanishli uchta podstansiyani modernizatsiya qiladi