Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Ozarbayjon kinosi kunlari” doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oliygohda delegatsiya aʼzolari mahorat darslarida ishtirok etdi. Xususan, oʻzbek kino sanʼati yoʻlida yetishib kelayotgan yosh kadrlarning oʻquv jarayonlari, rejissura mahorati, kino istiqbollari, oʻzbek kinoshunosligi nazariyasi va institutning moddiy-texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Mehmonlar mamlakatimiz, urf-odat va mentalitetimizga boʻlgan qiziqishlari haqida soʻzlab berdi.

Institut oʻquv teatrida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi buyurtmasi asosida ishlangan “Boku vaqt koʻzgusida” hujjatli filmi namoyish etildi. Unda tomoshabinlar Bokuning soʻlim tabiati, ilm-fan va madaniyatga hissa qoʻshgan davlat arboblari haqida va boshqa koʻplab kerakli maʼlumotlarga ega boʻldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon kinoijodkorlari bilan uchrashuv
Жамият
21:10 / 30:09:2019