Ozarbayjon hukumati rahbarining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi
Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovning O‘zbekistonga safari nihoyasiga yetdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida nutq so‘zlagan qardosh mamlakat hukumati rahbari kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi.
Yuqori martabali mehmonni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
O‘zA