Ozarbayjon chempionati: Rahmonaliyev golli uzatma bergan bahsda "Sabah" yirik g'alabaga erishdi
"Sabah" 9 ochko bilan (1 o‘yin kam o‘tkazgan) turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi.
Ozarbayjon chempionati 4-turida "Sabah" o‘z maydonida "Zira"ni qabul qilib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Shimich (7), Mikels (13, penaltidan, 30, 57) va Nvachukvu (51) gollarga mualliflik qilishdi.
Umarali Rahmonaliyev 3-golga assistentlik qildi va 65-daqiqada zaxiraga olindi.
"Sabah" 9 ochko bilan (1 o‘yin kam o‘tkazgan) turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. "Zirya" hisobida ham shuncha ochko bor, biroq ular to‘plar nisbati yomonligi sababli 2-o‘rinda.