Avval xabar qilinganidek, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2023-yil 1-oktyabrdan 2024-yil 1-fevralga qadar “Omadli sug‘urta” aksiyasi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, sug‘urtalanuvchilar tegishli 20 turdagi ixtiyoriy sug‘urta mahsulotlarini jamiyatning agros.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn yoki joylardagi markazlardan oflayn xarid qilib, aksiya ishtirokchisiga aylanishdi.
Sug‘urta qildiruvchilar orasidan 8 nafar mijoz kompyuterda random dasturi orqali tasodifiy tanlab olindi. Aksiyada 5 dona noutbuk, 2 dona smartfon va avtomobil o‘ynaldi.
Shuningdek, aksiya davrida faol qatnashib, hududlarda eng ko‘p sug‘urta pul tushumini amalga oshirgan sug‘urta agentlariga ham qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati yaratildi.
Kuni kecha “Omadli sug‘urta” aksiyasi g‘oliblari aniqlanib, ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Aksiya g‘oliblarini aniqlash jarayonini bevosita hakamlar hay’ati hamda jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali mijozlar jonli kuzatib borishdi. 20 turdagi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha mijozlarga sotilgan 75 mingdan ziyod polis aksiyada ishtirok etdi. Shu bilan birga 35 nafar sug‘urta agenti orasidan tasodifiy to‘rt nafari sovrindor bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Jw2pRK77eFM" title="«O‘zagrosug‘urta»ning «Omadli sug‘urta» aksiyasi g‘oliblari taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jamiyat boshqaruvi rahbariyati, hududiy filiallar rahbarlari, joylardagi sug‘urta agentlari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar “O‘zagrosug‘urta”ning bugungi kundagi faoliyati, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ishonchini yanada qozonish, qulay sug‘urta xizmatlarini taqdim etishdagi faolligi e’tirof etildi hamda bunday aksiyalar muntazam o‘tkazilishi ta’kidlandi.
Sanjar Toshpo‘latov
Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA