O‘zA va O‘FA o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi (+video)
Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va futbol targ‘ibotini kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati doirasida musobaqa o‘tkaziladigan hududlardan turib o‘zbekistonlik muxlislarga tezkorlik bilan axborot yetkazish, videomateriallar hamda media mahsulotlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
[gallery-28973]
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, futbolning ommaviyligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida sog‘lom raqobat va sport muhitini shakllantirish maqsadida mini-futbol musobaqasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Yakunda tomonlar axborot almashinuvi samaradorligini oshirish va sport sohasidagi muhim yangiliklarni keng jamoatchilikka birgalikda yetkazish yuzasidan kelishib oldilar.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GyhIJReJ8gg" title="O`ZA va O`FA o`rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Sarvar O‘rmonov, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA