Öz uyi – ölan töşagini yuksak qadriyat, deb bilgan el orzulari uşalmoqda
Millatimizga xos şunday fazilat bor: yoşlikda ham, keksalikda ham uzoq safardan qaytgaç, uyining qadrini yanada çuqur his etadi. Çunki, boriga şukr, yöğiga qanoat bilan yaşasa-da, uyida emin-erkin böladi. Farzandu yaqinlari bilan tökin dasturxon atrofida dardlaşadi. Köngli tinç, xotirjam yaşaydi, hordiq çiqaradi. Xalqimizning “öz uying — ölan töşaging”, degan naqlida ham ana şunday maʼno mujassam. Zero, xalqimiz uçun heç bir maskan koşona bölmasa-da, özining şinam uyi, ahil, inoq oilasi, osuda, obod Vatanidan uluğ böla olmaydi.
Afsuski, ötgan yillarda ayrim yurtdoşlarimiz köp yillar huquqiy maqomini tasdiqlovçi hujjati yetarli bölmagan uylarda köngli xijil istiqomat qildi. Egalik huquqi bölmagani uçun uy-joyni tasarruf etiş, sotiş, hadya qiliş yoki meros qoldiriş kabi masalalarda dilni xira qiladigan muammolar bilan yuzlaşdi. Çuqur öyga botib, turli xayollar bilan yaşadi.
Özbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi qonuni aynan şu muammolarni tegişli tartibda hal etib, özboşimçalik bilan egallangan yer maydonidagi bino va inşootlari huquqlarini tiklayotgani, ötgan davrda şakllangan mulkiy manfaatlarini himoya qilayotgani qalblarga quvonç, yuzlarga tabassum, köngillarga şukronalik ulaşmoqda. Qonun öz uyi – ölan töşagini yuksak qadriyat, deb biladigan xalqimizning köp yillik orzu-umidlarini röyobga çiqarib, ularning xotirjam, osuda, farovon turmuş keçirişiga xizmat qilayotgani, inson qadrini uluğlayotgani bilan ahamiyatli bölmoqda.
Ayni paytda Surxondaryo viloyatida ham qonun ijrosini taʼminlaş uçun 2018-yil 1-may kuniga qadar özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari va ularda joylaşgan köçmas mulk obʼektlarini xatlovdan ötkazib, huquqlarni eʼtirof etiş bosqiçma-bosqiç davom etmoqda. Mahallalardagi har bir uy, har bir bino xatlovdan ötkazilib, huquqiy maqomi aniqlanmoqda. Jumladan, yilning ötgan davrida 131 ming 488 obʼekt xatlovdan ötkazilib, 98 ming 699 tasi “Eʼtirof” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritildi. 28 ming 264 ta köçmas mulkka bölgan mulk huquqi eʼtirof etildi.
– Bu raqamlar ortida şunçaki statistik körsatkiçlar emas, balki yillar davomida öz uyining huquqiy maqomi aniqlanişini kutgan minglab kişilarning umidi, manfaati va kelajakka bölgan işonçi turibdi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati bino va inşootlar davlat kadastrini yuritiş bölimi boşliği Faxriddin Aşurov. – Har bir xonadon ortida inson taqdiri, oilaning köp yillik mehnati va kelajak rejalari bor. Şu bois amalga oşirilayotgan xatlov işlari faqat obʼektlarni hisobga oliş bilan çeklanmaydi. Asosiy maqsad qonunçilikda belgilangan talablar asosida fuqarolarning mulkiy huquqlarini eʼtirof etiş, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş va mavjud huquqiy noaniqliklarga barham berişdan iborat.
Soha mutaxassislarining aytişiça, mulk huquqining eʼtirof etilişi barça işlar yakunlandi, degani emas. Bu jarayonning navbatdagi muhim bosqiçi köçmas mulkka bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkazişdir. Biroq, viloyatda huquqi eʼtirof etilgan 28 ming 264 ta köçmas mulkning atigi 9 ming 348 tasi davlat röyxatidan ötkazilgan. 18 ming 916 ta obʼekt böyiça davlat röyxatidan ötkaziş jarayoni yakunlangani yöq.
– Davlat röyxatidan ötkaziş köçmas mulkka bölgan huquqni davlat reyestrida qayd etiş, uning huquqiy maqomini rasmiy jihatdan mustahkamlaş demakdir, deya suhbatni davom ettiradi F.Aşurov. – Bu esa mulkdorga öz mol-mulkiga nisbatan qonuniy huquqlarini tölaqonli amalga oşiriş imkonini beradi. Yaʼni, köçmas mulkni sotiş, hadya qiliş, meros qilib qoldiriş yoki boşqa bitimlarni amalga oşirişda davlat röyxatidan ötkazilgan huquq muhim ahamiyat kasb etadi. Şu sababli huquqi eʼtirof etilgan fuqarolar tegişli rasmiylaştiriş işlarini ham öz vaqtida yakunlaşi bu uy-joyga töliq egalikni anglatadi. Oilalarning xotirjam yaşaşiga mustahkam asos yaratadi.
Termiz şahridagi Yulduz mahallasida yaşaydigan A.Xursandovning yer uçastkasi va turar joy binolariga ham xalq deputatlari viloyat Kengaşining qarori bilan egalik huquqi eʼtirof etildi. Uy sohibi hujjatlarni rasmiylaştirişni çözib ötirmadi. Kadastr hujjatlarini darhol davlat röyxatidan ötkazib oldi. Könglidagi ğubor tarqadi. Yuzi yorişib, inson qadri uluğlanayotgan yurtda yaşayotganidan faxr hissini tuydi.
– Davlat bizga şunça yengillik berib, uy-joyimizni yeri bilan eʼtirof etdi, – deydi A.Xursandov. – Uni hujjatlaştirişdan muammo yasamay, rasmiylaştirib oliş kerak. 828 kvadrat-metr yer uçastkamiz va 455,95 kvadrat-metr quriliş osti maydonimizni mahalliy deputatlar tan olib, bizga mulk qilib berişni tasdiqladi. Bu qaror hovli joyimizga egalik qilişning huquqiy asosini yaratdi. Unga tölaqonli ega böliş uçun darhol kadastr hujjatlarini tayyorlab oldik. Uzoq yillardan buyon yaşab kelayotgan uyimiz qonuniy mulkimizga aylandi. Endi uni töliq tasarruf etiş huquqiga egamiz.
Xatlov jarayonida viloyat markazidagi Özbekiston mahallasida yaşaydigan S. Şaripovga tegişli 936 kvadrat-metr yer uçastkasi va 369,7 kvadrat-metr quriliş osti maydoniga ega mulk ham kadastr röyxatidan ötmagani aniqlandi. Qonunda belgilanganidek, xalq deputatlari viloyat Kengaşining 2018-yil 1-may kuniga qadar yakka tartibdagi uy-joy qurib, özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasi hamda undagi bino va inşootlari eʼtirof etilayotganida deputatlar S. Şaripovning uyi bilan boğliq hujjatlarni ham tasdiqladi. Bu xabarni eşitgan mulk egasi quvonçini yaşirolmay kadastr idorasiga yöl oldi. Hujjatlarni rasmiylaştirib, uy-joy va yer maydoniga qonuniy ega böldi.
– Bu oilamiz uçun yillar davomida huquqiy yeçimini kutgan masala edi, – deydi S.Şaripov. – Axir, bundan suyunmay böladimi? Çunki, eʼtirof etilgan mulk huquqi ortida oilamizning manfaati, ertangi kunga işonçi va kelajakka daxldor rejalari mavjud. Köp yillardan buyon yaşayotgan uyimizning hujjati töliq emasligi yodimizga tuşib qolsa, barçamizni çuqur öy bosardi. Kadastr hujjatlarini qölga olib, könglimiz xotirjam tortdi. Bunday imkoniyatni yaratgan davlatimizdan bir umr minnatdormiz.
Uy şunçaki, inson umrini ötkazadigan bino emas. U oila qönim topgan osuda maskan. Farzandlar kamolga yetadigan, orzu-umidlar çeçak otib, röyobga çiqadigan göşa. Bunday muqaddas dargohga bölgan huquqning qonuniy eʼtirof etilişi va davlat röyxatidan ötkazilişi nafaqat bugun, balki kelgusi avlodlar manfaati uçun ham muhim qadamdir. Aksiya doirasida odamlarning mulkiy huquqlari taʼminlanib, ijtimoiy adolat qaror topayotgani, xonadonlarda huquqiy köngil töqlikni mustahkamlayotgani mamlakatimizda inson qadri yuksak darajada uluğlanayotganining yorqin ifodasidir.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri