Vatanimiz tarixidagi 28 iyun sanasi bilan bog‘liq boshqa ayrim qiziqarli voqealar bayoni.

1500 yil (bundan 525 yil oldin) – Samarqandning katta amaldorlari Muhammad Mazidbek tarxonni vakil qilib bir necha mulozimlarni Andijonga – Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga birin-ketin chopar kilib yubordi. Ular qatorida Abdulvahobning o‘g‘li Mirmo‘g‘ul Boburdan Samarkand viloyatiga yurish qilishni iltimos qildi.

1805 yil (bundan 220 yil oldin) – Xorazm xoni Eltuzarxon Qo‘ng‘irot shahrini egalladi. U mazkur voqeadan bir necha hafta o‘tib Xiva shahriga qaytgach, qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixini yozishga buyruq berdi. Mashhur tarixnavis Munis taxallusi ila she’rlar bitgan Shermuhammad ibn Avazbiy mirob (1778–1829) bu vazifani bajarishga kirishdi. Shu tariqa, qo‘ng‘irotlar sulolasi siyosiy qudratga ega bo‘lgach, yutuqlarini tarix zarvaraqlariga muhrlashga kirishdi. 

Munis o‘zining “Firdavs ul-iqbol” asarida qo‘ng‘irotlar sulolasining shajaraviy daraxtini afsonaviy Qaljiday xondan sulolaning asoschisi, Chingizxon xonadoniga mansub, O‘mboy inoq bilan bog‘laydigan faktlarni keltiradi. Ammo tarixchi Hilola Nazirovaning qayd etishicha, bu ma’lumotlar tarixiy haqiqatga unchalik mos kelmaydi. Tarix sahnasiga kelgan qo‘ng‘irotlar sulolasi o‘zini Chingizxon vorisi deb hisoblash bilan cheklanmay, Xorazmshohlar unvonlariga ham da’vo qiladilar. Bu harakatda qo‘ng‘irotlar tarixini qadimiylash uchun o‘zlarini chingiziylardan ham oldinroqda yashagan sulola bilan bog‘lashga urinish ko‘zga tashlanadi.

1886 yil (bundan 139 yil oldin) – Kattaqo‘rg‘onda birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. Bu yerda dastlab 10 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, bir yildan so‘ng ularning soni 18 nafarga yetdi. Bolalarga ta’lim berish jarayoni o‘lkaning boshqa hududlaridagi kabi olib borilar, ammo bu jarayonda bir qator nomutanosibliklar ham mavjud edi. Masalan, rus guruhlariga dars beruvchi o‘qituvchilar yiliga 600 so‘m oylik olishgan bo‘lsa, mahalliy sinf o‘qituvchilari 120 so‘m maosh olardi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Turkistonda rus-tuzem maktablarini ochishdan asosiy maqsad o‘lkani ruslashtirish edi. Birinchi rus-tuzem maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda ochilgan. Unda 41 bola o‘qigan. 1891 yil Xivada, 1894 yil Buxoroda ham ochilgan. Ularning soni o‘n to‘qqizinchi asr oxirida yuzdan oshgan. Rus-tuzem maktabida ta’lim muddati 4 yil bo‘lgan. U ruscha va mahalliy sinflarga bo‘lingan. 

1910 yil (bundan 115 yil oldin) – Xorazm xonligining bosh vaziri Islomxo‘ja boshchiligida Toshkentga, Turkiston general-gubernatorligiga tashrif buyurgan elchilarni Turkiston general-gubernatori o‘z uyida ertalab dasturxon atrofida qabul qildi. Xorazm xonligi elchilari Toshkentga poyezd orqali maxsus vagonda 24 iyun kuni yetib kelgan edilar. Vokzalda ularni Turkiston harbiy okrugi bosh shtab navbatchisi, diplomatik amaldor, shahar boshlig‘i, komendant, politsiya boshlig‘i, general-gubernatorlik otliqlari va xor musiqa sadolari ostida kutib olishgan edi. Elchilar Toshkentdagi Grand Otel mehmonxonasiga joylashtiriladi.

1928 yil (bundan 97 yil oldin) – huquqshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G‘afur Abdumajidov tavallud topdi. Uning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotining muammolariga bag‘ishlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi tarkibida O‘zbekiston Respublasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan. G‘afur Abdumajidov 1995 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

1932 yil (bundan 93 yil oldin) – geolog olim Muxtor Ahmadjonov tavallud topdi. U birinchi marta O‘zbekistonning paleozoy fundamentining tektonik xaritasini tuzdi va yopiq maydonlar geologik tuzilishini mukammal o‘rgandi. O‘zbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi bo‘lib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yo‘l ochib berdi. Muxtor Ahmadjonov O‘zbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. 

1939 yil (bundan 86 yil oldin) – tarixchi Jasur Hasanovning qayd etishicha, Habib Abdullayev 27 yoshida “O‘zbekistondagi Langar volfram-molibden koni geologik tuzilishi, mineral tarkibi va genezisi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Oradan yetti yil o‘tgach, 1946 yilda u “O‘rta Osiyoning sheyelitli skarnlari geologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ham yoqladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, prezidenti Habib Abdullayev 130 dan ortiq ilmiy asar (jumladan, 7 monografiya) yozgan. U O‘rta Osiyoda birinchi – “O‘zbekiston geologiya jurnali”ni tashkil qilgan va uning mas’ul muharriri bo‘lgan. Uning rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Toshkentda Pokiston Islom Respublikasi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida qonunchilikka rioya qilinishi ustidan monitoring olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘z hokimiyati qonuniyligini ko‘rsatish uchun sulolasi tarixini yozishga buyruq bergan Xorazm xonini bilasizmi?