Oyning to‘liq tutilishi sodir bo‘ladi
AQSHning NASA kosmik agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun eng uzun va to‘liq Oy tutilishi kuzatiladi.
Kechasi Oy Yerning soyasiga o‘tadi va sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshiga tushadigan yagona yorug‘lik - Quyosh nuri atmosferadan o‘tishi bilan qizil tusga kiradi.
“Tutilish vaqti Yer atmosferasida chang yoki bulut qancha ko‘p bo‘lsa, Oy shunchalik qizg‘ish rang oladi”, — deya izoh bergan agentlik xodimi.
Bayonotda hodisa 3 soat 28 daqiqa davom etishi, bugungisi 580 yil ichidagi eng uzun tutilishga aylanishi kutilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Oy tutilishi butun Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Polineziya, Sharqiy Avstraliya va shimoli-sharqiy Osiyoning kattagina qismida yaxshi ko‘rinadi.