O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, o‘ziga xos ovozga ega dilbar shoira Oygul Suyundiqova 1957 yil 17 sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Oygul opa Moskvadagi M.Gorkiy nomli Adabiyot institutida o‘qigan. 

Uning «Ufqlar yonganda», «Umr kuylari», «E’tiqod», «Muborak damlar», «Payariq ohanglari», «Men tug‘ilgan yurt», "Sevinch", “Ko‘ngil kengliklari” nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan.  

Rus va jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 

Oygul opa o‘quvchiga fikrlarini tabiat obrazi orqali yetkazadi. Ya’ni, uning she’riy qahramonlari oy, quyosh, yulduzlar, chechak, shamol...

U bir she’rida shunday deydi: 

Go‘zal hislar, pok tuyg‘u bilan,

Nurafshon tun bag‘riga kirdim.

Olam yotar mast uyqu bilan, 

Men tabiat bilan o‘y surdim. 

Oygul Suyundiqova bilan suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasiga joylangan quyidagi videoda ko‘rishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lIkWUNr_40k" title="Oygul Suyundiqova: Men tabiat bilan o‘y surdim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oygul Suyundiqova: Men tabiat bilan o‘y surdim (+video)