Xitoy olimlari Oy tuprog‘idan g‘isht ishlab chiqaradigan dunyodagi birinchi mashina prototipini taqdim etdi. Qurilma Xefey shahrida o‘tgan Butunjahon ishlab chiqarish sanoati konferensiyasida namoyish qilindi.
Mashina quyosh energiyasida ishlaydi: parabolik reflektor nurlarni yig‘ib, optik tolalar orqali erish nuqtasiga uzatadi. Bu tizim 1000 °C dan yuqori harorat hosil qiladi va Oy sirtidagi regolitni eritib, mustahkam g‘ishtlarga aylantiradi.
Mutaxassislarga ko‘ra, Oyda bevosita qurilish materiallari ishlab chiqarish barqaror infratuzilma yaratish, yo‘llar va stansiya qismlarini qurish hamda Yerdan yuk tashish xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Prototip turli sun’iy Oy tuproqlari asosida sinovdan o‘tkazilgan.
Loyiha Xitoyning Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi dasturining bir qismi bo‘lib, 2035 yilgacha Oyning janubiy qutbi yaqinida baza majmuasi qurilishi, 2040 yillarda esa kengaytirilishi rejalashtirilgan.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/BFWcBwDOf00" title="Oyda qurilish uchun ilk “g`isht zavodi” prototipi taqdim etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA