Oybegim mening rus tilida chop etildi
"San’at" nashriyoti kimyogar olima Zarifaxonim Saidnosirovaning "Oybegim mening" kitobini rus tilida chop etdi.
"San’at" nashriyoti kimyogar olima Zarifaxonim Saidnosirovaning "Oybegim mening" kitobini rus tilida chop etdi.
Kitobda XX asr boshlari o‘zbek xalqining madaniy-maishiy turmush tarzi, qadriyatlari, jadidlar oilasida xotin-qizlarga beriladigan tarbiya, ro‘zg‘or tutumi, millat oydinlarining qatag‘onga uchrashi, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek va Zarifaxonimning ma’sum sevgisi, vafo-sadoqat, ayol kishi sifatida turmush o‘rtog‘i tildan qolganida ham til, ham kotiba sifatida qoyatoshdek turib bera olishi, davr bo‘hronlari imtihonidan o‘tish voqealari tasvirlangan.
Kitob memuar tarzida yozilgan. Asarni rus tiliga Asal Abbosova mahorat bilan tarjima qilgan. Aleksandr Jumaev muharrirligida nashrga tayyorlangan.