Oy da’vosi, 300 ming ish o‘rni xavfi, portlash va zavod yopilishi - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida AQSH Prezidenti Donald Trampning Oy haqidagi “Oy bizniki” degan bayonoti, Meksikadagi festival vaqtida mushaklar portlashi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgani, Nepal va Tibet chegarasidagi muzlik ko‘chishi ortidan Sarez ko‘li bilan bog‘liq xavflar yana kun tartibiga chiqqani hamda Xitoy bilan raqobat tufayli Yevropada 2026-yil oxirigacha 300 mingtagacha ish o‘rni yo‘qolishi mumkinligi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘arbiy Sohildagi yahudiy ko‘chmanchilarining noqonuniy punktlarini buzishga ko‘rsatma bergani hamda Mercedes-Benz Germaniyadagi zavodlaridan birini yopishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA