FOTOREPORTAJ
Xalqimiz azaldan bolajon. Shuning uchun ham farzand va kelajak avlod tarbiyasi eng muhim masalalardan. Ayniqsa, keyingi yillarda boshlang‘ich bo‘g‘in – maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim va tarbiya ishlari, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sharoit va imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan davlat darajasidagi e’tibordan aholi mamnun.
Buning yaqqol isbotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani “Taqir ko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida zamonaviy uslubda qad rostlayotgan ikki qavatli yangi bolalar bog‘chasi binosining qurilish ishlari misolida ham ko‘rish mumkin.
Jumladan, umumiy qiymati 5 milliard 388 million so‘m bo‘lgan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotning qurilish ishlari Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro fondining “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi asosida amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlarining sifatli va tez yakunlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
[gallery-24009]
Albatta, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi binoning qad rostlashi aholini o‘ylantirib kelayotgan masalaga yechim bo‘ldi. Qurilish ishlari yakunlanishi bilan hududdagi 120 nafar o‘g‘il-qiz bu yerda ta’lim-tarbiya olishni boshlaydi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA