Ovchilarning ovi qimmatga tushdi...
Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2019-yil kuz mavsumida Tomdi tumani choʻl hududida tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.
Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2019-yil kuz mavsumida Tomdi tumani choʻl hududida tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Tomdi tumanida yashovchi fuqarolar Z.A. hamda A.A. lar Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 2 bosh Jayron (kiyik) hamda 3 bosh yovvoyi quyonlarni noqonuniy ravishda ovlaganligi aniqlangan. Ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Tomdi tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-kismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan 2020-yil 15-aprel kuni jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudining ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Sud hukmiga koʻra, yetkazilgan zarar boʻyicha Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi foydasiga javobgarlardan 68 million 907 ming soʻm undirildi. Ovda ishtirok etgan mototsikl, ov quroli davlat hisobiga musodara qilindi. Ovchilarga 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati