Tariximizning o‘qilmagan sahifalari

O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida sovet saltanatining olib borgan qatag‘on siyosati, uning fojiali oqibatlari huquqni himoya qilish organlari xodimlarini ham chetlab o‘tmagan. O‘zbekiston huquqni himoya qilish idoralari, xususan, prokuratura organlarida turli vazifalarda ishlagan yuzlab kishilar ham qatag‘on davrining tayziqlariga uchrab, surgun qilindi, qamaldi yoki o‘lim jazosiga hukm etildi.  

Mamlakatimizda prokuratura va sud tizimida faoliyat ko‘rsatgan va sovetlar tomonidan qatag‘on qilingan insonlar, ularning fojeali taqdirlari chuqur o‘rganilmagan, o‘rganish va tadqiqot ishlari zarur darajada olib borilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshevning tegishli farmoyishi bilan Vatanimiz istiqloli, xalqimiz ozodligi yo‘lida mardona kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan prokuratura organlari xodimlari xotirasini abadiylashtirish, ularning hayot yo‘llari va faoliyatini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar e’tiboriga asosli hamda to‘laqonli yetkazish maqsadida qatag‘on qilingan shaxslarga oid arxiv hujjatlari, ularning taqdirini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va respublika Ishchi guruhi tuzilgan edi.  

Jumladan, Ishchi guruhining Andijon viloyati bo‘yicha soha xodimlari, olimlar va tadqiqotchilardan iborat tarkibi tasdiqlanib, ular tomonidan e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

Xususan, qatag‘on siyosatining qurbonlaridan biri bo‘lgan Namangan shahar prokurori vazifasida ishlagan Abduvosi Yusupovning faoliyati, taqdiriga oid arxiv hujjatlari o‘rganildi, uning avlodlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, juda ko‘p ma’lumotlar yig‘ildi. Ana shu ma’lumotlar asosida professor Rustambek Shamsutdinov rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari tomonidan maqola tayyorlanib, keng jamoatchilikka yetkazildi.  

–  O‘sha davrda qatag‘on bilan bog‘liq jarayonlar shunchalik ommaviy tus olgan ediki, ko‘plab ziyolilar, dindorlar, partiya rahbarlari nohaq qamaldi yoki otib tashlandi, – deydi Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinov. – Hatto surishtiruvlar ham yuzaki o‘tkazilgan, shaxsi aniq bo‘lmagan kishilar tomonidan yozilgan bo‘hton xatlarga asoslanib hukmlar chiqarilib, inson huquqi, sha’ni, qadr-qimmati toptalgan. Birgina 1938 yilning 4 oktyabridan 15 oktyabriga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tgan SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining sayyor sessiyalarida 507 nafar o‘zbekistonlik qatag‘on qilinib, ularning aksariyati o‘sha kunlarning o‘zidayoq otib yuborilgan.

 Abduvosi Yusupov 1900 yili Namangan shahrida shoyi to‘quvchi hunarmand oilasida tug‘ilgan. Dastlab ma’lumotni eski maktabda olgan. U 1918 -1920 yillarda Namangan uyezd-shahar militsiyasida ish yurituvchi bo‘lib ishlash bilan birga, shahardagi 4-  son sovet rus maktabida tahsil olgan. 1920-1922 yillari uyezd-shahar militsiyasi tashkiliy axborot bo‘limi mudiri, 1923-1924 yillarda Namanganda savodsizlikni tugatish favqulodda komissiyasi mudiri, 1925-1927 yillarda Namangan shahridagi 3- son yog‘ zavodi direktori yordamchisi, 1927-1928 yillari siyosiy maorif mudiri, 1928-1930 yillari rayon paxta soyuzi idorasi raisining o‘rinbosari, 1930-1933 yillari Namangan shahar partiya komitetida instruktor va tashkiliy bo‘lim mudiri o‘rinbosari, 1934 yillari Oyim rayoni partiya komiteti tashkiliy bo‘lim mudiri, 1934-1935 yillari Baliqchi rayon partiya komiteti sekretari o‘rinbosari, 1935 yili Yangiqo‘rg‘ondagi MTS direktori o‘rinbosari, 1935 yil 15 martdan Namangan shahar yer bo‘limi mudiri, 1936 yil 19 iyundan Namangan shahar prokurori vazifasida ishlagan. O‘zbek va rus tillarini mukammal bilgan.

Uning faoliyatiga oid arxiv hujjatlarida qayd etilishicha, Abduvosi Yusupov o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan, vijdon amriga qarshi bormaydigan, halol, pok rahbarlardan biri bo‘lgan. Yuqori partiya organlari buni e’tiborga olib, uni partiya ishida emas, prokuratura tizimida ishlashi uchun tavsiya bergan. U Namangan shahar prokurori bo‘lib ishga tayinlangan. Ammo ko‘p o‘tmay qatag‘on domiga tortilgan.  

1937 yil 24 aprelida O‘zSSR maxsus bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kuxarenko Namangan shahrida prokuror Yusupov Abduvosini qamoqqa olish to‘g‘risida maxfiy hujjatni imzolagan. Unda Abduvosi Yusupov  “Milliy ittihod” aksilinqilobiy, millatchi tashkilot a’zosi sifatida Namangan shahar partiya komitetining sobiq sekretari Ermatov va boshqalar tomonidan fosh etilgani qayt etilgan.  

SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938 yil 14 oktyabrdagi yig‘ilishida Abduvosi Yusupov oliy jazo – otuvga hukm etiladi.  Harbiy kollegiyaning O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari, davlat xavfsizligi mayori D.Apressyanga yo‘llagan farmoyishida harbiy kollegiyaning sayyor sessiyasida oliy jazo – otuvga hukm etilgan 36 nafar maxbusga nisbatan tayinlangan hukmning zudlik bilan ijrosini ta’minlash ko‘rsatiladi.  

Hukm ijrosi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada Abduvosi Yusupovga nisbatan chiqarilgan hukm ijrosi vaqtida davlat xavfsizligi katta leytenanti Shishkin, ishchi dehqon qizil armiyasi bosh harbiy prokurori yordamchisi Shulsan ishtirok etganliga qayd etilgan.  

Abduvosi Yusupovning vafotidan keyin turmush o‘rtog‘i Yoqutxon Yusupova farzandlarini qarindoshlari ko‘magida yolg‘iz tarbiyalab voyaga yetkazadi.  

Qatag‘on qurboni A. Yusupovning avlodlari hozir Andijon shahrida istiqomat qilishadi. Ana shu mash’um qatag‘on yillarida uning yetim qolgan o‘g‘li Rustamjon Yusupovning keyingi hayotini xavf-xatarlardan saqlash uchun qarindoshlari uni o‘zlarining familiyalariga o‘tkazib olishgan.  Hozir to‘qson yoshni qoralab qolgan Rustam ota farzand va nabiralari ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.  

O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida qatag‘on qurboni bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarining hayoti va faoliyatini o‘rganish, ular bilan bog‘liq tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarish borasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.  

Faxriddin Ubaydullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ttiz yetti yoshida otilgan prokuror