10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Poytaxtimizning «Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi. Bugungi kunda hamyurtlarimiz bemalol sayr qilib yurgan, ayniqsa yigit va qizlar bir-birlari bilan kulishib, gurunglashib yurgan ushbu maskanda ancha yillar avval millatning eng oydinlari, aybsiz, gunohsiz odamlarning umri poyoniga yetgan.  

Mutaxassislarning aytishlaricha, bu joyda salkam 7 ming nafarga yaqin beayb inson mahv etilgan. Ular orasida atoqli adib, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy ham bor edi. Qarangki, qattol tuzum adibning hatto hoki ustixonigacha butkul yo‘q qilib yuborgan ekan...

Abdulla Qodiriy sho‘rolarning bu qadar qahru g‘azabiga uchrashi uning hur fikrligi, mustabid tuzumning, istilochilarning bor kirdikorlarini ro‘y-rost o‘z asarlari  orqali fosh etishi, ulardan tugal nafratlanishi bilan bevosita bog‘liqdir.  

Qodiriydek darg‘a haqida so‘z borganida, barchamizning ko‘z o‘ngimizda uning jahonga nom qozongan asari “O‘tkan kunlar” romani keladi. Hanuzgacha dunyo olimlari, siyosatshunoslari, tarixchi va folklorshunoslari, yozuvchi va shoirlari o‘zbek xalqining yaqin tarixi, milliy xarakteri, tili, an’ana va urf-odatlari, uning boshiga tushgan og‘ir kunlari va hatto illatlarini o‘rganmoqni istasa, ushbu asarga qayta-qayta murojaat etishi bor gap.  

So‘z san’atiga muxlis bo‘lgan kitobxon borki, ushbu asarni bosh ko‘tarmasdan o‘qib chiqqan. Undan ta’sirlangan, yig‘lagan, chuqur o‘yga tolgan. Adabiyotshunos olim Bahodir Karimning fikricha, ushbu asarni kitobxon har gal o‘qiganda undan yangi va yangi ma’nolarni, fikrlarni, g‘oyalarni uqadi. Ha, chindan ham “O‘tkan kunlar” o‘tmishdan saboq berishi bilan birga doim ogohlikka, hushyorlikka chorlashi bilan g‘oyatda qadrlidir.  

Tilshunos, adabiyotshunos, publitsist Azizullo Orol ushbu asarni bir paytlar Afg‘onistondagi o‘ziga to‘q etnik o‘zbek tadbirkorlari o‘zlarining katta mablag‘lari evaziga nashr ettirganlari, kitob afg‘on yurtidagi millatdoshlarimiz tomonidan qiziqish, e’tibor, iztirob bilan mutolaa etilganini aytgandi.  

Atoqli adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev “O‘tkan kunlar” romani zamirida Kumush va Otabek muhabbatidan ham ko‘ra, Abdulla Qodiriyning yaqin o‘tmishga oid xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir kunlari, ona-zaminimizga yaqinlashib kelayotgan xavf-xatar, mustamlakachilik zanjirlari haqidagi achchiq haqiqatlari mujassam.  

Darhaqiqat, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”i  g‘oyat go‘zal ifoda usuli, betakror badiiyati, yuraklarni kuydirguchi haqiqatlari bilan qadrli va umrboqiy asardir. Yana bir jihat borki, Qodiriy bu asarda xalqimizning “musulmonman” deya da’vo qila turib islom ahkomlariga oyoq qo‘ygan, axloqsizlik, tubanlik, imonsizlikka yuz tutgan kimsalarini ham beayov fosh etadi.  

Mol-dunyoga berilib to‘y-hashamlarni boshqarayotgan, mo‘may boylik orttirishdan boshqa maqsad-muddaosi qolmagan ayrim hamyurtlarimiz ham Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini o‘qib chiqsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘tkan kunlar” – Qodiriyning ogohlikka da’vati