OTIH 2021-yilgi sammitini virtual tartibda oʻtkazadi
“COVID-19 xalqaro diplomatiyani olib borishimizga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Piters hamda savdo vaziri Devid Parkerning maʼlum qilishicha, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligining (OTIH) 2021-yilda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi uchrashuvi Vellington raisligida virtual formatda boʻlib oʻtadi.
“COVID-19 xalqaro diplomatiyani olib borishimizga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga ham tegishli. Boshqa hukumatlararo tadbirlar kabi OTIH-21 ham virtual raqamli platforma yordamida oʻtkaziladi”, - deyiladi Yangi Zelandiya hukumati saytida tarqatilgan xabarda.
“Hozirgi global sharoitni hisobga olgan holda, bunchalik koʻp sonli yuqori lavozimli mehmonlarni Yangi Zelandiyada toʻplashni rejalashtirish maqsadga muvofiq emas”, - deyiladi Uinston Piters tarqatgan bayonotda.