Markaziy bankning xabar berishicha, 2024 yilda banklar 58,8 ming fuqaroga qariyb 17,1 trillion so‘m ipoteka krediti ajratdi. Ipoteka krediti olganlar soni o‘tgan 2023 yilga nisbatan 9,5 ming nafarga kamaygan.

Ipoteka kreditlari hajmining yillik o‘sishi 1,5 foizgacha pasaygan. 2024 yilda ajratilgan ipoteka kreditlari 2023 yilga nisbatan 247 milliard so‘mga yoki 1,5 foizga o‘sgan.  

Ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha yillik o‘sish ko‘rsatkichi 2022 yildan buyon sekinlashmoqda. Xususan, 2022 yilda ipoteka kreditlari 2021 yilga nisbatan 31,9 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 14,8 foizga, 2024 yilga kelib 1,5 foiz foizgacha pasaydi.  

O‘tgan yil davomida ipoteka krediti oluvchilar soni 58,9 ming kishini tashkil qildi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 68,4 ming kishi bo‘lgan edi. Shunday qilib, ipoteka krediti xaridorlari soni bir yilda qariyb 10 mingga kamaygan.  

Ipoteka kreditlarining 66 foizi birlamchi bozor uchun ajratilgan. Banklar o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi 24,8 foizni, Yangi tartib asosida ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkasi esa 17,6 foizni tashkil etgan.  

Kredit oluvchilar soni kamayganiga qaramay, bitta ipoteka kreditining o‘rtacha miqdori oshib, 290,5 million so‘mga teng bo‘ldi. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 262,7 million so‘mni tashkil qilgan.   

Ipoteka kreditlarining 66 foizini erkaklar, 34 foizini ayollar olgan. Yosh toifasi bo‘yicha 31-50 yoshdagi aholi qatlami jami ipoteka oluvchilarning 68 foizini tashkil qilgan.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yilda ipoteka kreditlarining 66 foizi birlamchi bozor uchun ajratilgan