Vatanimiz tarixidagi 28 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1240 yil (bundan 785 yil oldin) – Movarounnahrda yashab ilmiy salohiyati bilan zamonasida dong taratgan alloma, faqih Muxammad ibn Maxmud ibn Husayn ibn Axmad Ustrushaniy o‘zining beshinchi asari hisoblangan “Asila va-ajviba” (“Savollar va ularga javoblar”) kitobini yozib tamomladi. Musannif bu asarida o‘n uchinchi asrgacha ijod qilib o‘tgan hanafiy ulamo va fuqaholardan so‘ralgan turli fiqhiy masalalarga bergan javoblarini asosan arab va ba’zan fors tillarida naql qiladi. 

1427 yil (bundan 598 yil oldin) – o‘g‘li Mirzo Ulug‘bekning gapga kirmay dashti qipchoqlik hukmdor Baroq o‘g‘longa qarshi yurish qilib, undan yengilganini eshitgan temuriy hukmdor Shohruh Mirzo Hirotdan chiqib, Samarqand tomon yurdi. Bu xabarni olgan Mirzo Ulug‘bek Termizga kelib, otasi Shohruh Mirzoga peshvoz chiqdi. 

Shohruh Mirzo Samarqandga kelib, mag‘lubiyat sabablarini o‘rgangach, movarounnahrlik bir necha amirlarni darra jazosiga mahkum etdi. Mirzo Ulug‘bekni esa qattiq qiyin-qistov bilan tergov qildi va bir necha kun e’tibordan chetda saqladi. Nihoyat, bir necha do‘q-po‘pisalardan so‘ng Movarounnahr taxtini yana MirzoUlug‘bekka topshirib, o‘zi Hirotga qaytdi.

1901 yil (bundan 124 yil oldin) – Chorjo‘yda Amudaryo ustiga qurilgan Chorjo‘y – Farob ko‘prigining ochilish marosimi bldi. Tantanali marosimda Buxoro amiri Abdulahad ham ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga ko‘prik tasviri tushirilgan albom sovg‘a qilingan.

1907 yil (bundan 118 yil oldin) – Xiva xonligi valiahdi Asfandiyorxon homiyligida Qozondagi Barudiy madrasasidan ikki muallim taklif etilib, Xiva shahrida ochilgan “Maktabi mahramiy” va “Maktabi jadida” nomli yangi usul maktablarida imtihon o‘tkazildi. Unda valiahd Asfandiyorxon, devonbegi, qozilar, mudarrislar, muftiylar ishtirok etganlar. Yig‘ilganlar imtihon natijalaridan ruhlanib, Xiva va Urganch shaharlarida yana ikkita yangi usul maktabi ochish hamda Qozondan muallimlar taklif etishga qaror qilganlar.

Tarixchi Alisher Isoqboyevning qayd etishicha, Asfandiyorxon taxtga o‘tirgach, xon oilasiga mansub yigirmaga yaqin bolani muallim Muxtor Bakir tarbiyasiga bergan. Ayni shu paytda Qozondan yana ikki muallim chaqirilib, oddiy xalqning bolalarini ham o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Mana shu yillarda Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘janing uyida yangi usul maktabi muallimi Abdurashitov yashab, uning farzandlarini o‘qitgan. 

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – Abdulla Qodiriyning to‘ng‘ich o‘g‘li Habibulla Qodiriy qamoqqa olindi. Bu vaqtda Abdulla Qodiriyning shaxsiy mol-mulki yana bir marta musodara qilindi. Bu haqda Habibulla Abdullayev (Qodiriy) 1957 yil 10 iyunda respublika Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasiga yozgan arizasida shunday deydi: “1945 yil 28 may kuni qonunga xilof ravishda hibsga olindim va asossiz tarzda O‘zbekiston Sotsialistik Sho‘ro Jumhuriyati Jinoyat Majmuasining 66-, 67-moddalari buyicha ustimdan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Avval, 1938 yili mening otam Abdulla Qodiriy (Julqunboy) ham asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan edi. 

Hozir otam ham, o‘zim ham to‘la-to‘kis oqlandik. Meni qamoqqa olishayotgan paytda uyimizdagi otamning kutubxonasi tortib olingan edi; unda asosan yetmishdan ortiq mumtoz Sharq adabiyotining namunalari bor edi. Mening o‘zim ham Sharq adabiyoti bilan tanish bo‘lganim uchun uyimizdan qanday kitoblar olib chiqib ketilganini aniq bilaman, ular quyidagilar... (38 ta raqamda kitoblar nomlari keltiriladi)... Boshqa kitoblarning nomlari hozir esimda yo‘q... Ushbu arznoma asosida otamning kutubxonasini qaytarib berishingizni yoki agar kitoblar saqlanib qolmagan bo‘lsa, ularning bahosini to‘lashingizni so‘rayman”. Afsuski, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ularning xonadonidan musodara qilib olingan kitoblar va boshqa adabiyotlar o‘sha vaqtda yoqib yuborilgan, yo‘qotilgan edi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining xorijiy vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tashkil etish to‘g‘risida”, “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tda yongan bitiklar: Abdulla Qodiriyning shaxsiy kutubxonasi ham yo‘q qilingan