Otalik mehri, bobolik şarafi: nabiraga maktub –barça bolajonlarga daʼvat
Har bir ota-ona, bobo-yu buvi farzandining kelajagini öylab yaşaydi. Ammo zimmasiga butun bir xalq va millat taqdiri yuklangan inson uçun butuyğu yanada kengroq va zalvorliroq maʼno kasb etadi. Sakkiz nafar nabiraning bobosi, mehnat faxriysi sifatida Prezidentimizning nabirasiga yozgan maktubini öqir ekanman, bu birgina bolaga emas, balki yurtimizdagi barça bolajonlarga atalgan çin yurak sözi ekanini teran his qildim.
Umrning yetmişinçi dovoniga bir qadam qolgan çoğda, nabiralarim davrasida ötirib, maktubdagi har bir söz zamirida otalik ğamxörligi, bobolik mehri hamda davlat rahbarining tunu kun yurt tinçligi va yoşlar istiqboli yölidagi bedorligi mujassam ekanini çuqur angladim.
Davlatimiz rahbarining uzoq safarlari, xalqaro hamkorliklari va ertangi kunni közlab olib borayotgan islohotlari zamirida ulkan masʼuliyat yotibdi. Kiçkintoylar baʼzan safarga otlanayotgan kattalardan, “Nega yana ketyapsiz?” deb söraydi. Maktubdagi şu savol va unga berilgan javob bugungi şiddatli zamonning eng katta haqiqatini oçib beradi: yurt taraqqiyoti va yoşlarning porloq kelajagi yölida tinim bilmay mehnat qiliş haqiqiy yetakçilik burçidir. Prezidentimizning “Xalqim tunda osuda uxlaşi uçun ham men har doim bedor bölmoğim kerak, axir!”, degan sözlari el-yurt taqdiri uçun çeksiz fidoyilik ramzi sifatida qalbimizda aks etadi.
Bu satrlarni öqiganimda, beixtiyor özimning bolalik yillarim köz oldimdan ötdi. Maktubda “Sening yoşingda yozning jaziramasida ğöza çopib, izğirin sovuqda paxta terganman. Maktabda ön yil öqigan bölsam, şuning deyarli yarmi dalada ötgan”, deya eslanadi. Biz ham suyagimiz qotmasdan, köpinça maktab partasidan uzilib, kattalar bilan yonma-yon dala mehnatiga çiqqanmiz. Öşa sinovlar bizni sabr va mehnatga örgatgan bölsa-da, bolalikning eng beğubor damlarini qisqartirgan. Şu bois bolalarni daladan maktabga qaytariş, yoruğ va zamonaviy taʼlim maskanlarini barpo etiş, ustozlar maqomi va bilim sifatini yuksaltiriş yölidagi saʼy-harakatlarni men oddiy bir bobo va mehnat faxriysi sifatida katta minnatdorlik bilan qarşi olaman.

Bugun farzandlarimiz keng imkoniyatlar, zamonaviy maktab va tögaraklar, bilim va isteʼdod maydonlarida erkin ulğaymoqda. Sakkiz nafar nabiram ham bu şaroitlardan unumli foydalanib, quvonçli yutuqlarga erişayotganidan qalbim faxrga töladi. Ular ingliz tilini mukammal örganib, bir qator grantlarga sazovor böldi. Tönğiç nevaram zamonaviy bilimlarni egallab, mohir dasturçi bölib yetişgani, joriy yilda esa yana bir nabiram oliy taʼlim muassasasiga öqişga kirgani xonadonimizga alohida quvonç bağişladi. Kiçkintoylarim ham eʼtibordan çetda emas, ular zamonaviy boğçalarda tarbiyalanib, xorijiy tillarni örganmoqda, turli tögaraklarga qatnaşib, ilk isteʼdodlarini namoyon etmoqda. Bularning barçasi davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan izçil islohotlar va oqilona siyosatning amaldagi ifodasidir.
Ayni paytda zamon şiddatkor. Gadjetlar, sunʼiy intellekt va turli maşğulotlar yoşlarning vaqtini osongina öğirlaşi mumkin. Şu bois maktubdagi “Unutma, vaqt şunday boylikki, uning bahosi yöq. Uni ortga qaytariş, tiklaş ham imkonsizdir” hamda “Zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bölib qolişdan ehtiyot böl!”, degan nasihatlar, şuningdek, xorijiy tillarni örganiş va kitobga, bilimga intiliş haqidagi daʼvatlar ayni vaqtida aytilgan sözlardir. Zero, texnologiya yoşlarga xizmat qilişi, bilim va tafakkurni boyitişi kerak, aksinça, vaqtni zoye ketkazuvçi omilga aylanmasligi lozim.
Zaminimiz jahon ilm-fani va madaniyati tarixida öçmas iz qoldirgan buyuk zotlarni yetiştirgan muqaddas yurt. Maktubda taʼkidlanganidek, “Unutma, sizlar öz aql-zakovati bilan dunyoni özgartirgan, insoniyatga ustozlik qilgan ne-ne buyuk zotlarning avlodisiz”. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy kabi uluğ bobolarimizning maʼnaviy merosi har bir yoş avlod uçun faxr va yölçi yulduzdir. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida, jahon birinçiliklarida va nufuzli oliygohlarda yutuqlarga erişayotgan yoşlarimiz ana şu buyuk vorislikning yorqin isbotidir.
Hayot yöli har doim ham bir tekis keçmaydi, gohida qiyinçiliklar, qoqilişlar yoki kutilmagan sinovlar uçraydi. Bunday pallada eng muhimi, tuşkunlikka tuşmaslik, sabr va iroda bilan oldinga intilişdir. Prezidentimizning “Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir” va “Odamiylik – insonning asl ziynati. Har qanday vaziyatda ham inson bölib qolmoq muhimdir”, degan teran sözlari har bir öğil-qizning qalbidan çuqur joy olişi şart.
Bu daʼvatlar Vatanni seviş, bayroqni qadrlaş, mardlik, halollik, kamtarlik va olijanoblikni asraşga çorlaydi. Men ham nabiralarimning suyukli bobosi va mehnat faxriysi sifatida yurtimizdagi barça bolajonlarga ilmli, hunarli, vatanparvar va odamiylik ziynatiga ega insonlar bölib ulğayişni tilayman.
Bu maktub Özbekistondagi millionlab bolajonlarga atalgan betakror nasihat va ezgu tilakdir. Ilohim, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, xalqimizning ertangi kuni yoruğ bölsin. Farzandlarimiz va nabiralarimiz ilm-maʼrifat, gözal odob bilan kamol topib, jonajon Vatanimizning munosib vorislari bölişsin, ularning kamoli bardavom bölsin!
Yoqubjon ĞAFFOROV,
mehnat faxriysi.
ÖzA