"Ota-onam mendan ham ko‘p kutganlar bu mukofotni" – Yulduz Turdiyeva
Yulduz Turdiyeva, O‘zbekiston xalq artisti: – mukofotning xabarini eshitganimda, to‘g‘risi, ishonmadim. Ota-onam mendan ham ko‘p kutganlar. Buyuk ustozlar – Saodat Qobulova, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqovlarga berilgan yuksak mukofotga bizni ham loyiq ko‘rganliklari, bu – juda ham katta mas’uliyat.
Davlatimiz rahbarining ko‘plab sohalar qatori maqom san’atiga ham e’tiborlari juda yuqori. Konservatoriyada, Buxoro san’at bilim yurtida tahsil oldik. Biz o‘qigan davrda e’tibor bu darajada yuqori emas edi, hozirga kelib esa maqom anjumanlari, xalqaro maqom festivallari yurtimizda ko‘paydi. Biz maqomchilar bir bo‘lib, endi yanada ko‘p harakat qilishimiz kerak dunyo sahnalarida kuylashga, ishonchni oqlashga.
E’tirof uchun Prezidentimizdan minnatdorman!
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOEV (video),
O‘zA