Har bir inson hayotida komil shaxsni shakllantirishda huquqiy tarbiya alohida o‘rin tutadi. Ta’limning ko‘p jihatlarini hisobga olsak ham, huquqiy ta’lim va huquqiy savodxonlik birinchi qadam bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik zamonaviy jamiyat oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bu masala bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.

Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tanish ko‘rinishga aylanib, mamlakatni larzaga solmoqda. Xulq-atvori og‘ir bola ulg‘aygan sari og‘ir jinoyatlarga moyil bo‘lishini hisobga olsak, bu juda o‘tkir muammo ekanini tan olishimiz kerak. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida sodir etilayotgan jinoyatlarda yoshlar ulushi quyidagi ko‘rsatkichga ega. Rossiya federatsiyasida 33, Germaniya va Angliyada 35, Fransiyada 23, Ispaniyada 85, AQSH da 32 foizni tashkil etadi. Jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq bo‘lishi, balki bugungi strategik maqsadlarga erishishda ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

O‘smirlarning jinoyat sodir etish sabablarini hisobga oladigan bo‘lsak, ayrim ota-onalarning farzandlari taqdiri haqida qayg‘urmasligi, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yishi, maktabdan tashqari, bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanayotganini nazorat qilmasliklari sabab bo‘lmoqda. Bizning nazarimizda har bir ota-ona farzandining intizomi, ta’lim-tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratib, bo‘sh vaqtida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishini qat’iy nazorat qilsa, o‘smirlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamaytirishga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi. Hozirgi davrda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish masalasi global muammolar sirasiga kiradi. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning jamiyat yashovchanligini ta’minlashdagi muayyan roli bilan izohlanadi. Voyaga yetmagan yoshlar jinoyatchiligi, hatto, eng demokratlashgan va iqtisodiy rivojlangan davlatlar uchun ham xos.

Qonunni buzishga moyil, jamoat tartibini buzgan, jinoyat sodir etib, ichki ishlar bo‘limida ro‘yxatga olingan bolalarning aksariyati ajrashgan yoki kam ta’minlangan oilalar farzandlaridir. “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzg‘unchi va radikal oqimlar ta’siriga tushish holatlari davom etayotgani, davlat rahbari sifatida meni jiddiy tashvishga solmoqda. O‘tgan 5 oyda 7 mingdan ziyod yoshlar jinoyat sodir etgani, hozirgi vaqtda qariyb 40 ming nafar yoshlar profilaktik hisobda turgani ham xavotirimiz bejiz emasligini ko‘rsatmoqda”.

Agar o‘smirlarning jinoyatga boradigan yo‘llarini ko‘rib chiqsak – kompyuter o‘yinlari va bola qalbiga shafqatsizlik keltirib chiqaradigan odamning o‘limi va qiynoqlari epizodlarini o‘z ichiga olgan multfilmlar hisoblanadi. Bundan tashqari, asrlar davomida kasallik bo‘lib kelgan spirtli ichimliklar, giyohvandlik, tamaki, tungi klublar, ichkilikboz ota-onalar, to‘liq bo‘lmagan oilalar farzandlari ko‘proq mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. O‘smirlarning jinoyat sodir etishiga turli sabablar bor. Masalan, o‘smirlarni jinoyatga undaydigan asosiy sabablar oilaviy munosabatlarning zaiflashishi bilan bog‘liq. Shuningdek, bolaning nima qilayotganini kuzata olmaslik, o‘smirlarning kim bilan do‘stligini bilmaslik ham ta’sir qiladi. O‘smirlarning ijtimoiy hayoti haqida ma’lumotlarning yetishmasligi, yoshga xos o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Har qanday narsaga ishonish, taqlid qilishning kuchayishi, balog‘atga yetmaganlarning negativizmi, hayotiy qadriyatlarning to‘liq shakllanmaganligi yoshlarga xosdir. Bunda ota-onaning farzandiga zarur intellektual va axloqiy tarbiya bera olmasligi ham katta rol o‘ynaydi. Ota-onalarning ta’lim va dunyoqarashining pastligi kabi muammolar yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlarini ko‘paytirmoqda. 

Oilada doimiy janjal tufayli ko‘zini ochmaydigan o‘smirlar jinoyatga yaqinlashadi. Chunki aynan ular ota-ona nazoratidan chiqib ketadi. Ma’lumki, oilada bola o‘z vaqtida nazoratga olinsa, ota-ona va bola o‘rtasida ishonch, do‘stlik kabi insoniy qadriyatlar o‘rnatilsa, bola jinoiy faoliyatga qo‘l urmaydi. 

Oilada o‘smirlarning jinoyat sodir etmasligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lishi kerak. Nazoratning ikki turi mavjud. 

Birinchisi – to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat tashqi, u cheklovlar va jazolarni o‘z ichiga oladi. Faqat cheklovlar va jazolarni farqlash va ulardan oqilona foydalanish kerak. 

Ikkinchisi – yordamchi nazorat. Bu hurmat va o‘zaro mehr-muhabbat. O‘smirlar ota-onalar va ularning atrofidagi boshqa odamlarning bu his-tuyg‘ulariga sezgir bo‘ladi. Shunday ekan, oilada farzandni nafaqat moddiy boylik, balki ma’naviy boylik bilan ham tarbiyalasak, avlodimiz jinoyatga bormaydi. 

Voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik muammosi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki ota-onalar, maktablar, maxsus ta’lim muassasalari, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham nazoratni taqozo etadi. Psixologlarning ta’kidlashicha, oilada, maktabda, ko‘chada ko‘rganlari yosh bolaning ongli fuqaro bo‘lib shakllanishida alohida o‘rin tutadi. Darsdan tashqari va ta’til mavsumini noto‘g‘ri tashkil etish, ko‘chada sodir bo‘layotgan noxush hodisalarning ko‘pligi o‘smirlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga olib kelishi aniq. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning soat 22:00 dan keyin kompyuter klublarida o‘tirishi, 23:00 dan keyin ota-onasisiz ko‘chada yurishi qonun bilan taqiqlangan.

Voyaga yetmaganlar jinoyatlari orasida shafqatsizlik va zo‘ravonlik odatiy holga aylanmoqda. Shu bilan birga, o‘smirlar chegaradan tashqari zo‘ravonlik qilishadi. Agar jinoyat sodir etish jarayonida noxush holat yuzaga kelsa, o‘smirlar qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, talon-taroj qilishgacha boradi. Yoshlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar o‘g‘il-qizlar tomonidan giyohvandlik, ichkilik ta’sirida sodir etilmoqda. Hozirgi vaqtda mast holda sodir etilgan jinoyatlar ko‘paygan. Har beshinchi jinoyat o‘smirlar tomonidan ichkilik yoki giyohvandlik ta’sirida sodir etiladi. 

O‘smirlarning jinoyat sodir etishiga oiladagi noqulay vaziyat, darsga qatnashmaslik, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning yo‘qligi, iqtisodiy ahvol, o‘z huquqlarini to‘g‘ri bilmaslik va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. 

AQSHning Nyu-York shahrida  2017 yil 19 sentyabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Prezidentimiz ayni vaqtda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda “Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya” ni qabul qilishni taklif qilgan edi. Davlatimiz rahbari  bunga asos qilib yoshlarning soni 2 milliarddan ortgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omil sifatida ko‘rsatgan edi. Shu sababli ham yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ular ongidagi bo‘shliqni bartaraf etish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki, insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlardan to‘xtamaydi. Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqani u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak”.

Kelajak avlodni bunday noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘smirlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish zarur. Shu bilan birga, oilada bolani qanday tarbiyalash, zamonaviy jamiyatda bola uchun eng muhim narsa nima ekanligini aniq ko‘rsatuvchi dasturlar, to‘garaklar muhim ahamiyatga ega. Bizni turli ijobiy va salbiy yangiliklar o‘rab turgan internet asrida har kim o‘ziga kerakli narsani tanlashi kerak. Lekin o‘smirlar buni e’tiborga olmayapti. Shuning uchun farzandimizning internetdan foydalanishini nazoratga olish zarur. Internet zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi davrida jinoiy ishlarning joyi va sababidir. Jamiyatga xavf tug‘diruvchi dinimizga qarshi nopok oqimlar ushbu ijtimoiy tarmoq orqali o‘zlarining yovuz g‘oyalarini amalga oshirib, unga o‘smirlarni ham jalb qilmoqda. Shunday ekan, har bir ota-ona farzandiga ma’lum chegara qo‘yib, nazorat qilsa, bola ijtimoiy tarmoqning faqat foydali qismidan foydalanadi. 

O‘smirlarning xulq-atvori bilan bog‘liq e’tibordan chetda qolayotgan yana bir masala – kollejlarda tahsil olayotgan yoshlarning ahvoli. Ma’lumki, ko‘plab o‘quvchilar 9-sinfni tamomlab, kollejlarda o‘qishni davom ettirmoqda. Shuning uchun u yerdagi talabalar voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatlarni ko‘proq sodir etayotganlar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Umuman, voyaga yetmaganlar jinoyatining siri tezda ochiladi. Chunki ular jinoyatga bolalik va soddalik bilan qo‘l uradi. Binobarin, jinoyatchilikning oldini olish, bolaning noto‘g‘ri yo‘ldan adashib ketishining oldini olish ota-onalar, maktab va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning birgalikdagi harakatlariga bog‘liq ekanini unutmaslik kerak. Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish ijtimoiy mexanizmining muhim elementlari va kategorial tushunchalari qatoriga sotsial munosabatlar, sotsial institutlar hamkorligi, sotsial nazorat va sotsial profilaktika kabilarni kiritish mumkin. 2020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jinoyat sodir etgan shaxslar soni jami 9293 kishini tashkil etgan bo‘lib, 2019 yilning mos davri bilan taqqoslanganda 11,9 foizga ko‘paygan. Ayollar tomonidan jinoyat sodir etish 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga kamaygan, erkaklar tomonidan jinoyat sodir etish esa 13,8 foizga ko‘payganligini alohida ko‘rsatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Chunki jinoyatchilik o‘sib borishida jamiyatdagi sotsial institutlar, sotsial nazorat va sotsial profilaktikaning o‘z funksional vazifalarini bajarmayotganligi sabab bo‘lmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek,  mamlakatimiz bo‘yicha keyingi yillarda sodir etilayotgan barcha jinoyatlarning 25-30 foizi yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani, umuman olganda, har yili 30-34 ming nafar yoshlar, jumladan, 3,5 ming xotin-qiz jinoyat sodir etayotgani barchamizni tashvishga solishi zarur. Birgina 2016 yilning 11 oyida 815 nafar kollej va litsey o‘quvchisi, 318 nafar talaba jinoyatga qo‘l urganiga qanday baho berish mumkin? Ayni vaqtda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida oshganini qayd etish lozim”

Huquqiy davlat barpo etilayotgan bugungi davrda har kim o‘z huquqlarini bilishi, umumiy huquqiy ta’lim sohasidan ma’lumot olgani ma’qul. Qonunni buzmagan, to‘g‘ri yo‘ldan borgan, yurtiga sadoqat bilan xizmat qilgan fuqarogina o‘z maqsadiga erishadi.

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik jamiyat oldida turgan asosiy vazifadir. Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida maktablarda o‘quv yilidan boshlab tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘quv yili boshida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tuziladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan tadbirlar reja asosida olib boriladi. “Yoshlar va jinoyatchilik” mavzusi bugungi kunda muhim sanaladi. Afsuski, ayrim yoshlar ularni jinoyat va huquqbuzarlikka nima undayotganiga unchalik ahamiyat bermaydi. Huquqiy davlatga kirib kelayotgan davrda ijtimoiy ongli shaxsni shakllantirish davlatimizning asosiy vazifalaridan biri bo‘lsa, bu vazifani amalga oshirishdan asosiy maqsad yoshlarni yangicha ruhda tarbiyalashda yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Huquqbuzarliklarning oldini olishda o‘smirlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish juda muhim. Huquqiy savodxonlikni oshirish huquqiy ta’lim bilan birga keladi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning asosiy vositasi – huquqiy ongni to‘g‘ri tarbiyalash va nochor oilalarni jinoyatdan xoli qilish, huquqiy normalarni takomillashtirish va fuqarolarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari hisoblanadi.

Azizjon Tursunov,

Toshkent shahar ichki ishlar bosh

boshqarmasi “Kasbiy tayyorgarlik”

bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-ona va bola o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik bo‘lishi kerak