Ota-ona qölidagi raqamli soya yoxud surati, ovozi va himoyasiz lahzalari internetga muhrlanayotgan bolalar
Ertalab boğçaga olib borilayotgan bola, vannada çömilayotgan çaqaloq, dars javobida qiynalib turgan öquvçi, yiğlab turgan gödak – bular barçasi bugungi kunda bir zumda minglab begona közlar köradigan tasvirlarga aylanmoqda.
Ota-onalar, buvilar yoki amakilar, xullas, yaqinlarning eng yaxşi niyatlar bilan bosgan birgina “joylaş” tugmasi bolaning roziligisiz uning kelajagiga taʼsir etuvçi “raqamli iz”ni qoldirmoqda. Xorijda bu hodisa allaqaçon “sharenting” (share – ulaşmoq, parenting – ota-onalik) deb nomlanib, mutaxassislar tomonidan jiddiy ijtimoiy muammo sifatida örganilmoqda.
Xöş, bu jarayon qanday namoyon bölmoqda? Afsuski, biz buni muammo emas, oddiy hol deb qabul qila boşlaganimizga ança böldi. Kundalik hayotdan minglab misollar keltiriş mumkin: bolaning şifoxonadagi holati, jazolanayotgandagi yiğisi, vannadagi yoki kiyinayotgan paytdagi suratlari, maktabdagi omadsizligi yoxud oilaviy mojarolar içidagi aksi... Bularning barçasi yaqinlari tomonidan şunçaki “kunlik voqea” sifatida ijtimoiy tarmoqlarga yuklanmoqda. Köpçilik bu tasvirlar bolaning ulğayişiga, şaxs sifatida şakllanişiga va kelajak hayotiga qanday taʼsir qilişi haqida öylab ham körmaydi. Eng açinarlisi, bola bu jarayonda heç qanday ovozga ega emas. U hali gapira olmagani yoki vaziyatni tuşunmagani uçun rozilik berişga qodir emas. Ammo uning surati, ovozi, hatto eng zaif va himoyasiz lahzalari internet xotirasida abadiy muhrlanib qolmoqda.
Raqamli iz, bu – umrbod yöqolmaydigan “tarix”. Internetga bir marta joylaştirilgan har qanday maʼlumot yoki surat hamda videolar texnik jihatdan heç qaçon töliq öçirilmaydi. U boşqalar tomonidan köçirilgan, saqlangan, ekran rasmiga olingan yoki boşqa platformalarga ulaşilgan bölişi mumkin. Demak, bugun gödaklik suratlari ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan bola, ön beş-yigirma yildan keyin iş qidirayotganda, oliy öquv yurtiga hujjat topşirayotganda yoki şaxsiy munosabatlar qurayotganda özining roziligisiz yaratilgan uşbu “raqamli tarix” bilan yuzma-yuz kelişi mumkin. Bundan taşqari, zamonaviy texnologiyalar, yuz taniş tizimlari, maʼlumot yiğuvçi algoritmlar bola suratini tahlil qilib, uning joylaşuvi, kundalik tartibi va xatti-harakatlari haqida axborot töplaşi mumkin. Bu esa bolani potensial xavf ostiga qöyuvçi omilga aylanadi.
Şu örinda eʼtibor qilaylik-çi, bunda psixologik va ruhiy xavf omillari mavjudmi? Mutaxassislar bu borada bir qator jiddiy xavflarni taʼkidlaşadi. Avvalo özligini anglaşga tösqinlik, yaʼni bola özi haqidagi maʼlumotni nazorat qila olmaganda, unda şaxsiy çegara va xususiylik tuyğusi şakllanişi qiyinlaşadi.
Uyat va iztirob hissi uyğongaç, voyaga yetganda, özining noqulay yoki zaif lahzalari minglab odamlar köz öngida bölganini biliş bolaning öziga nisbatan işonçini susaytiradi.
Ota-ona bilan işonçli munosabatning izdan çiqişiga sabab bölişi mumkin, bola ösib, ota-onasi uning şaxsiy hayotini söramasdan oşkor qilganini anglaganida, bu oilaviy işonçga putur yetkazadi.
Kiberbulling va masxara obʼektiga aylaniş xavfi bugun allaqaçon bolalar hayotiga kirib ulgurgan va noqulaylik tuğdirayotgan holat, yaʼni tengdoşlar tomonidan internetga çiqqan eski suratlar orqali masxara qiliniş hollari tobora köpaymoqda.
Şaxsiy xavfsizlikka tahdid ham mavjud. Bunda bola joylaşgan makon, maktab, kundalik tartib haqidagi maʼlumotlar yomon niyatli şaxslar qöliga tuşişi mumkin.
Xöş ayni holatlar haqida qonunçilik nima deydi? Bu masala faqat axloqiy emas, balki huquqiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Özbekiston qonunçiligida bolalar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan bir qator hujjatlar mavjud. “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonunga muvofiq, har bir bola erkinlik, şaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutiş huquqiga ega. Şuningdek, uşbu qonunda bolani himoya qiliş, uning şaʼni va qadr-qimmatini saqlaş kabi asosiy kafolatlar mustahkamlangan.
“Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida”gi qonun (2019-yil 2-iyul) doirasida esa şaxsga oid har qanday maʼlumot, jumladan, fotosurat va videotasvir ham himoyalanadigan maʼlumot sifatida qaraladi. Şaxsga doir maʼlumotlar subʼektning öziga taalluqli, uni identifikatsiya qiliş imkonini beruvçi har qanday axborotni öz içiga oladi. Ayni paytda qonunda şaxsning öz şaxsiy va maişiy ehtiyojlari uçun maʼlumotga işlov berişi alohida holat sifatida körsatilgan, biroq bu istisnoning ijtimoiy tarmoqda ommaviy tarzda ulaşişga neçoğli tatbiq etilişi munozarali masala bölib qolmoqda.
Yana bir muhim yangilik şundaki, Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan yangi qonun loyihasida şaxslarni ularning roziligisiz foto va videoga oliş taqiqlanişi közda tutilmoqda. Bunda çeklovning asosiy sababi sifatida şaxs tasviridan foydalaniş bilan boğliq munosabatlarda şaxsiy daxlsizlik huquqining taʼminlanmaganligi körsatilgan. Muhimi, uşbu loyihada bolalar ham tasvir huquqining mustaqil subʼekti sifatida eʼtirof etilmoqda va tasvirga oliş hamda undan ruxsatsiz foydalaniş mumkin bölgan hollar doirasi aniq belgilanmoqda.
“Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunga köra, ğayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar haqidagi, şu jumladan, ularning foto va videotasvirlarini öz içiga olgan maʼlumotlarning tarqatilişi taqiqlangan axborot mahsuloti jumlasiga kiritilgan.
Umuman olganda, mamlakatimizda bolalarni zararli axborotdan himoya qilişga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularga köra, har bir bola öz şaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan himoyalaniş huquqiga ega va şaxsga doir maʼlumotlarni tarqatiş subʼektning roziligi bilan amalga oşirilişi lozim.
Şu örinda yana bir savol tuğiladi: agar bola hali öz roziligini bera olmaydigan yoşda bölsa, uning nomidan kim qaror çiqarişi kerak va bu qaror çindan ham “bolaning eng yaxşi manfaati”ga mos keladimi? Mutaxassislar va huquqşunoslar fikriça, aynan ana şu savol atrofida qonunçilikni yanada takomillaştiriş zarurati mavjud.
Darhaqiqat, masʼuliyat sevgidan ustun bölmasligi kerak, lekin uni töldirişi şart. Ota-ona yoki yaqin qarindoşning farzandi suratini ulaşişdagi istagi uning sevgisi va faxrlanişining tabiiy ifodasidir. Ammo çinakam mehr faqat hozirgi lahzaning gözalligini körsatiş emas, balki bolaning ertangi kuni, qadr-qimmati va xavfsizligini ham öylaşdir. Har bir rasmni joylaştirişdan oldin özimizga savol berişimiz kerak: “Agar bu bola ön yildan söng uşbu suratni körsa, u nimani his qiladi? Bu uning roziligi bilanmi, yoki faqat bizning xohişimiz bilanmi?”
Davlat darajasida qonunçilikni takomillaştiriş, jamiyatda esa raqamli savodxonlik va ota-onalik masʼuliyatini oşiriş orqaligina bolalarimizning raqamli dunyodagi huquqlari çinakam himoyalangan böladi. Çunki bugun biz yaratayotgan “xotira” ertaga boşqa birovning umriga aylanadi.
Mahfuza YÖLDOŞEVA,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti,
siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori.
ÖzA