Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Ozodbek tuhfasi” fermer xo‘jaligida 23 yoshli qiz mexanizator bo‘lib ishlaydi.

Traktorni mahorat bilan boshqarayotgan Ziyoda Jo‘raboyevani ko‘rgan kishi unga havas va hayrat bilan boqadi. U traktorni boshqarish, texnik nosozliklarni bartaraf etish, agrotexnik tadbirlarni maromiga yetkazib bajarish ishlarini bobosi hamda marhum otasi Olimjon Jo‘raboyevdan o‘rgangan.

Bugun Ziyoda mamlakat taraqqiyoti va yoshlar salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan faollar safida. Prezidentimizning 2025 yil 28 iyun kuni imzolangan “Yoshlar kuni munosabati bilan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq Ziyoda Jo‘raboyeva “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Bu yuksak e’tirofga u traktorni shunchaki boshqarib emas, balki samarali va halol mehnati tufayli erishdi.

– Mexanizatorlikka bolaligimdan qiziqqanman, – deydi Ziyoda Jo‘raboyeva. – 17 yoshimda traktorni mustaqil boshqara boshladim. Onam rahbarlik qilayotgan “Ozodbek tuhfasi” fermer xo‘jaligidagi 14,4 gektar yerni bug‘doy va paxta ekishga tayyorlash, ekiladigan ekinlarga agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni puxta o‘zlashtirdim. Davlat rahbarining “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlashi menga katta mas’uliyat va quvonch bag‘ishladi.

Ziyoda nafaqat traktorni, balki “Claas Dominator” g‘alla o‘rim kombaynini ham mahorat bilan boshqaradi. Fermer xo‘jaligidagi traktor bilan bog‘liq barcha yumushlarni astoydil bajaradi. Mana shu mehnat samarasi o‘laroq, onasi rahbarlik qilayotgan “Ozodbek tuhfasi” fermer xo‘jaligi 2022–2024 yillar va 2025 yilning o‘tgan davrida bug‘doy va paxta yetishtirish bo‘yicha barcha rejalarni bajardi. G‘allachilikda 105 foiz, paxtachilikda esa 108–110 foiz natija qayd etildi. Hosildorlik gektariga bug‘doydan 50–55, paxtadan esa 40–45 sentnerni tashkil etdi.

Ziyoda shunchaki ishchi emas, izlanuvchan va bilimga chanqoq yosh mutaxassis. Bo‘sh vaqtlarida qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlarni mutolaa qiladi, yer unumdorligini oshirish va yuqori hosil yetishtirish usullarini o‘rganadi. Shu bilan birga, mexanizatorlikka qiziqish bildirgan ikki dugonasiga ham traktor haydash va agrotexnik tadbirlarni o‘rgatmoqda.

— Qizlar ham texnikani o‘zlashtira oladi. Faqat ishonch kerak. Menga ishonishdi, endi men ham ularga ishonch bildirishim kerak, — deydi u.

Qahramonimizni o‘ziga xos orzulari bor. Kelgusida shaxsiy fermer xo‘jaligini tashkil etish va qizlar uchun texnikaga ixtisoslashgan amaliy o‘quv kurslari ochishni rejalashtirgan.

Ziyoda jamoat ishlarida ham faol. 2024 yilda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan yoshlar festivalida ishtirok etib, Sirdaryo viloyati hokimining maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida markaziy studiyada ishtirok etdi va o‘z fikr hamda kelajak rejalarini bildirdi. Bu esa Ziyodaning nafaqat viloyatda, balki respublika miqyosida ham faol yoshlar qatorida ekanini bildiradi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota kasbini ulug‘lagan qiz