Ota ikki nafar farzandi uçun 150 million söm alimentni oldindan töladi
Andijon viloyatining Buloqboşi tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro ajrimdan söng farzandlari oldidagi moddiy majburiyatini bir yöla bajarişga qaror qildi. U farzandlari 18 yoşga tölguniga qadar tölanişi lozim bölgan aliment mablağlarini oldindan hisob-kitob qilib, 150 million sömni töliq tölab berdi.
Maʼlum qilinişiça, fuqarolik işlari böyiça Xöjaobod tumanlararo sudining 2022-yil 12-dekabrdagi qaroriga asosan qarzdor A.B.dan undiruvçi A.X. foydasiga ikki nafar farzandining taʼminoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Buloqboşi tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgaç, davlat ijroçisi tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro jarayonida qarzdor farzandlari voyaga yetguniga qadar tölanişi lozim bölgan aliment mablağlarini oldindan, bir yöla tölab beriş istagini bildirgan.
Natijada u ikki nafar farzandining 18 yoşga tölguniga qadar hisoblangan jami 150 million söm aliment mablağini undiruvçiga töliq tölab berdi. Şu tariqa ijro hujjati amaldagi tartibda tamomlandi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA