Ota aliment to‘lashning antiqa yechimini topdi, ammo...
Aliment qarzdorligi bo‘lgan ota yana bir qarz bilan muammoga yechim topgan. Voqeaga ko‘ra, qarzdor M.A. sobiq turmush o‘rtog‘i M.Xning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashi kerak bo‘lgan.
Ammo u aliment to‘lashdan bosh tortib, turli joylarda yashirinib yuraveradi. Oqibatda unga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, Majburiy ijro byurosi Quva tumani bo‘limi qidiruv sho‘basi tomonidan tezkor-qidiruvlar boshlab yuborilgan. Natijada, qarzdor qo‘lga tushib, davlat ijrochisiga topshiriladi.
M.A.ga aliment qarzini to‘lamasa, javobgarlik kelib chiqishi mumkinligi tushuntirilgach, u qarzini uzishni tezkor va noan’anaviy usulini o‘ylab topgan. Buni qarangki, M.A bu uchun "Ishonch kredit" savdo do‘konidan yotoqxona mebellari va muzlatgichni kredit asosida sotib olgan va ushbu buyumlar hisobiga qarzdorligini qoplagan.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA