Qozog‘iston poytaxtidagi Chaplin kinoteatrida 6-7 avgust kunlari O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Kazinform” agentligi Madaniyat va axborot vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Ostona shahri aholisi va mehmonlari anjuman doirasida ikki o‘zbek filmini bepul tomosha qilishlari mumkin.

Rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan 2023 yil suratga olingan “Abdulla Oripov: Mustaqillik xonandasi” asari atoqli shoir, O‘zbekiston Davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida hikoya qiladi. Mazkur kartina tomoshabinlarni adibning bolaligi, yoshligi olamiga yetaklaydi, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini ifodalaydi.

Ikkinchi film – “Yasha, xotin!”  komediyasi oilaviy qadriyatlar mavzusini hazil orqali ochib beradi. Bosh qahramon nafaqaga chiqqandan keyin yolg‘izlik his etadi, o‘zini unutilgandek sezadi. Filmda turmush o‘rtoq, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr, g‘amxo‘rlik muhimligi ta’kidlangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostonada O‘zbekiston kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi