Ostona 20 yoshda. Bu shaharda uch oy bayram bo‘ladi
Bir oydan so‘ng Qozog‘iston Respublikasining yangi va navqiron poytaxti Ostona shahri 20 yoshga to‘ladi. Qisqa davrda o‘tmishda Oqmula, keyinchalik esa Selinograd deb nomlangan aholi punkti o‘rnida o‘ta zamonaviy, so‘nggi me’morlik va qurilish an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan go‘zal shahar barpo etildi.

U o‘tgan yil EKSPO xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qildi. Shahardagi okeanarium, Xon chodiri, Boyterak singari me’moriy majmualar har jihatdan ko‘pchilikning hayratiga sazovor bo‘lmoqda. Ostona shahrini to‘la ma’noda eng zamonaviy shahar deb atashmoqda. 20 yillik tantanalari keng miqyosda va rang-barang o‘tishi kutilmoqda. Bayram tadbirlarida 600 ga yaqin turli madaniy chiqishlar, festivallar, teatrlashtirilgan tomoshalar, etnografik sahna ko‘rinishlari, konsertlar namoyish qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bayram tadbirlari uch oy davom etadi. Unda chet ellardan, xususan, turkiy qavmlar yashaydigan O‘rta Osiyo respublikalari, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Polsha singari davlatlardan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Tadbirlarning keng dasturi turkiy xalqlar madaniyati va san’atini to‘la va mufassalroq namoyon qilishga qaratilgan.