Ustoz ijodkor, atoqli adib Xayriddin Sultonning asarlari xalqchil, ravon ifoda usuli, samimiyati, inson ruhiyatining murakkab evrilishlarini yorqin va g‘oyat ta’sirchan, betakror tarzda ochib berishi, mukammal badiiyati bilan diqqatga sazovordir. Bu jihatlar mashhur adibning yaqindagina chop etilgan “Osmoni falaklarda” nomli kitobida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan.

Poytaxtimizdagi “Renessans” san’at saroyida ustoz yozuvchi Xayriddin Sultonning “Osmoni falaklarda” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning ijodkor ziyolilari – atoqli yozuvchi va shoirlar, olimlar, adabiyot muxlislari, ma’naviyat sohasi faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda e’tirof etilganidek, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha jabhalar qatori ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot, kitob va kitobxonlikni rivojlantirish borasida yangi-yangi tashabbuslar ilgari surilmoqda.  

Jamiyatimizda aholining madaniy saviyasi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga doir muhim hujjatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan boshlangan katta ishlar, milliy dasturlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining xalqimizni kitobxon millatga aylantirishga oid  ezgu intilishlari mamlakat miqyosida keng quloch yozib, umummilliy harakatga aylangani e’tiborga molikdir. 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri ham yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida  kitobxonlikni rivojlantirish va targ‘ib qilishdan iborat ekani barchaga yaxshi ma’lumdir. Bu ibratli tashabbus esa mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganining yorqin namunasidir. 

Ayni shu ezgu maqsadda mamlakatimiz miqyosida “Yosh kitobxon”, “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” singari qiziqarli tanlovlar, “Yoshlar uchun ming kitob”, “Ma’rifat ulashib”, “Kitob karvoni” aksiyalari, kitob bayramlari va yarmarkalari, adabiyot haftaliklari muntazam tashkil qilinmoqda. 

Yaqinda Farg‘ona viloyatida Xalqaro kitobxonlik festivali yuksak saviyada tashkil etilib, unda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kitobsevarlar, taniqli shoir va yozuvchilar, ziyolilar ishtirok etgani O‘zbekistonda kitobxonlik, milliy adabiyot, badiiy ijod  ravnaqi yo‘lidagi ulkan  e’tiborning amaliy natijasidir. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun mamlakatimizda  600 dan ziyod nashriyot, 700 ga yaqin kitob do‘koni, shu bilan birga, kitob yetkazib berish xizmatlari hamda onlayn savdo platformalari faoliyat yuritmoqda.

Bu esa davlatimiz rahbarining kitobxonlikni rivojlantirishga doir ibratli g‘oyalari  hayotda o‘zining amaliy ifodasini topayotganini namoyon etmoqda. Milliy adabiyotimiz, mutolaa rivojiga qaratilayotgan e’tibor badiiy jihatdan barkamol yangi-yangi asarlarning yaratilishida asosiy omil bo‘lmoqda. 

Ustoz ijodkor, taniqli yozuvchi Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Osmoni falaklarda” nomli kitob o‘zbek adabiyotida deyarli yoritilmagan mavzu – uchuvchilar hayotiga bag‘ishlangani bilan diqqatga sazovordir.  Yurtdoshlarimiz ramziy ma’noda va havas qilib  “samo lochinlari” deb ataydigan mashaqqatli kasb egalarining muntazam mardlik va matonat talab etadigan faoliyati, ularning favqulodda holatlardagi qalb kechinmalari, qat’iyat va irodasi, sevgi va burchga sadoqat tuyg‘ulari chuqur dramatizm bilan tasvirlanadi. 

Kutilmagan, shiddatli voqealarga boy, keskin syujet yo‘nalishiga ega hikoyalarda bosh qahramonlarning ma’naviy jasorati va insoniy ojizliklari, odamzod ruhiyatining sirli jumboqlari betakror xarakterlar timsolida namoyon bo‘ladi. 

Taqdimot marosimiga buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning: “Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu ‎yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va yangarishg‘a o‘zimizda majburiyat his etamiz”, degan so‘zlari bosh g‘oya sifatida tanlanganida chuqur ramziy ma’no bor. 

Kitob taqdimotiga bag‘ishlangan adabiy anjuman g‘oyat samimiy, fayzli, yangicha ma’no va mazmunga boy yo‘sinda tashkil etilgani bilan diqqatga sazovor bo‘ldi.     

Teatrlashtirilgan sahnalar, nasriy, she’riy va musiqiy talqinlar, kinolavhalar taqdimotda qatnashgan ijodkorlarda  unutilmas taassurot qoldirdi. 

Taqdimot O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi va Badiiy akademiya hamkorligida tashkil etildi.

Mavzu va voqelikka yondashuv, shakl-shamoyil jihatidan ham yangicha talqinga ega ushbu kitob “Adabiyot” nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, atoqli yozuvchi Xayriddin Sultonning  “Osmoni falaklarda” asari adabiyotga, yaxshi kitobga mehri baland yurtdoshlarimiz uchun yana bir tuhfa bo‘ldi. 

  N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Osmoni falaklarda” – Xayriddin Sultondan adabiyot muxlislariga yangi tuhfa