Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Xabaringiz bor musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi hisobi 4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan to‘ldi.
Ushbu natija orqali terma jamoamiz Osiyo qit’asining 21 davlati orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi. Qozog‘iston termasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medali bor. Hindistonlik dzyudochilar esa dastlabki kun yakuniga ko‘ra 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

Bugun Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari doirasida o‘g‘il bolalar -73, -81, -90, +90 kg, qizlar esa -57, -63, -70, +70 kg vazn toifalarida bahslarga kirishadi. Ushbu vaznlardagi bahslarda quyidagi 11 nafar dzyudochimiz medallarga da’vogarlik qiladi.
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov – Jahanshah Shahmardanuli (Qozog‘iston)
-73 kg: Daulet Turdiyarov – Sayhanbileg Davharbayar (Mo‘g‘uliston)/Pan Ngok (Vetnam)
-81 kg: Kamronbek Qodirov – Ulung Satria (Indoneziya)
-90 kg: Inomjon Bahodirov – Abdullah Aldayhani (Kuvayt)
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Inouye Firdaus (Indoneziya)
+90 kg: Alibek Durdiyev – Rafayel Sijabat (Indoneziya)
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari (qizlar):
-57 kg: Maftuna Ahmedova – Nazva Yulianti (Indoneziya)/Jini Chanambam (Hindiston)
-57 kg: Gulsanam Hazratova – Tan Ray (Singapur)
-63 kg: Zuhrajon Umarova – Anudari Enhtayvan (Mo‘g‘uliston)
-70 kg: Intizor Uzakbayeva – Adis Rayina (Indoneziya)
+70 kg: Zarina Bobonazarova – Li Chay Min (Koreya Respublikasi)/Rafa Kalistiya (Indoneziya)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA