O‘smir dzyudochilar bahsi qizg‘in pallada
Buxoroda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi shiddatli bahslarga boy o‘tmoqda. Terma jamoaga yangi nomlarni saralash, iqtidorli dzyudochilarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada navbatdagi g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Musobaqaning -60 kg. vazn toifasidagi bahslarda Muhammad Masharipov (Xorazm) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bahrom Asadov (Buxoro) kumush, Javohir Suyarov (Qashqadaryo) va Arislon Yusupbayev (Xorazm) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Vazni -66 kg. bo‘lgan Quvonchbek Xolmamatov (Samarqand) finalda Muhammadjon Ergashev (Farg‘ona) ustidan zafar quchdi. Ushbu vaznda Javlon Qo‘ldoshboyev (Samarqand) va Azizbek Himmatov (Navoiy) uchinchi bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasidagi -48 kg. vazn toifasida Maxfira Ro‘ziboyeva (Xorazm), Zuhra Alimova (Xorazm), Nargiza Do‘stmamatov (Qashqadaryo), Dilbar Hamroyeva (Buxoro) shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, -52 kg. vaznda Sabina Azamatova (Buxoro) birinchi, Charosoy O‘ktamboyeva (Xorazm) ikkinchi, Gulbahor Imomnazarova (Andijon) hamda Shahnozabonu Sultonova (Xorazm) uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA