Osiyo o‘yinlari: boks terma jamoamiz tarkibi ma’lum bo‘ldi
Shu kunlarda Yaponiyaning Aichi–Nagoya hududida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 4-oktabrga qadar davom etadigan qit’aning yirik sport musobaqasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Darvoqe, boks musobaqalari 21-sentabr–2-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar o‘rtasida olti, ayollar o‘rtasida beshta vazn toifasida ishtirok etadi.
Erkaklar o‘rtasida Samandar Olimov (55 kg), Abdumalik Xalokov (60 kg), Shavkatjon Boltayev (70 kg), Fazliddin Erkinboyev (80 kg), To‘rabek Xabibullayev (90 kg) hamda Jahongir Zokirov (+90 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladi. Jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev. Unga Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov va Sherzodbek Ahmadjonov ko‘maklashadi.
Ayollar o‘rtasida Feruza Kazakova (51 kg), Nigina O‘ktamova (54 kg), Sitora Turdibekova (60 kg), Navbahor Hamidova (65 kg) va Aziza Zokirova (75 kg) ringga ko‘tariladi. Ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulov bo‘lib, unga Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tojiboyev va Azim Xudayqulov yordam beradi.
Jamoa rahbari — Mirshohid Tillaboyev, shifokor — Komiljon Rasulov, fizioterapevt — Xesus Alberto.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA