Osiyo o‘yinlari: 25-sentabr kuni vakillarimiz qaysi sport turlarida bahslashadi?
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining oltinchi kun bellashuvlari boshlanmoqda. Bugun bir qator sport turlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu kunda ot sporti, o‘q otish, yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, suzish, qilichbozlik, stol tennisi, gandbol, boks, futbol, sohil voleyboli, chim ustida xokkey va sport gimnastikasi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.
25-sentabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing:
Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Ot sporti
05:30 — ayollar, ot yo‘rttirish, saralash: Alina Shevsova.
O‘q otish
05:45 — mikst, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzish, saralash: Muhammad Kamolov, Nigina Saidqulova.
06:45 — erkaklar, 50 metr pnevmatik miltiqdan o‘q uzish, saralash: Javohir Sohibov.
Yengil atletika
06:00 — ayollar, yettikurash: O‘g‘iloy Norboyeva.
15:30 — erkaklar, 100 metr, saralash: Sulton G‘ofurjonov.
16:40 — erkaklar, bosqon uloqtirish, final: Ayubxon Fayozov, Suhrob Xojayev.
17:30 — ayollar, 400 metr, saralash: Jonbibi Hukmova.
17:45 — erkaklar, 400 metr, saralash: Abbosbek Toshtemirov.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
06:00 — erkaklar juftligi, 500 metr, yarim final: Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev, Shahriyor Mahkamov.
07:40 — ayollar to‘rtligi, 500 metr, A final: Milana Dushev-Yanich, Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Shahrizoda Mavlonova.
07:50 — erkaklar, 500 metr, A final: Vladlen Denisov.
Suzish
06:08 — erkaklar, 50 metr brass, saralash: Iskandar Sadullayev.
06:10 — erkaklar, 50 metr brass, saralash: Muhammadismoil Rahmonov.
06:45 — erkaklar, 400 metr erkin usul, saralash: Ilya Sibirsev.
Qilichbozlik
06:30 — ayollar, shpaga, jamoaviy bahs: O‘zbekiston — Hindiston.
Stol tennisi
07:45 — erkaklar juftligi: Diyorbek Dilshodov, Shohruh Iskandarov — Quyek Yong, Pang Yu Yen (Singapur).
08:30 — ayollar: Arujan Kamalova — Zauresh Akasheva (Qozog‘iston).
09:15 — ayollar: Asel Erkebayeva — S Sung Su (Gongkong).
10:00 — erkaklar: Shohruh Iskandarov — Chun Ting Vong (Gongkong).
Gandbol
08:30 — ayollar: Vetnam — O‘zbekiston.
Boks
08:45 — ayollar, 54 kilogramm: Nigina O‘ktamova — Bibinashastamo Xolova (Tojikiston).
09:00 — erkaklar, 60 kilogramm: Abdumalik Xalokov — O Taye Bom (Shimoliy Koreya).
Futbol
10:00 — erkaklar, chorak final: O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni.
15:30 — ayollar, chorak final: Koreya Respublikasi — O‘zbekiston.
Sohil voleyboli
11:00 — erkaklar: O‘zbekiston — Yaponiya.
Chim ustida xokkey
13:00 — ayollar: Singapur — O‘zbekiston.
Sport gimnastikasi
13:00 — erkaklar, parallel brus, final: Rasuljon Abdurahimov.
13:00 — ayollar, erkin mashq, final: Dildora Aripova.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA