«Osiyo o‘yinlari – 2026»: bugun sportchilarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bellashuvlarining bir qator yo‘nalishlarida vakillarimiz ishtirok etadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 23-sentabr kuni qit’adagi nufuzli sport musobaqasida akademik eshkak eshish, kibersport, veloshosse, o‘q otish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, qilichbozlik, stol tennisi, suzish, karate, 3x3 basketbol, suv polosi, gandbol, skvosh, chim ustida xokkey, og‘ir atletika va ushu bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Quyida 23-sentabr kuni 13 ta sport turida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishasi:
Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Velosport:
05:00 — shosse, final: Murodjon Xolmurodov, Diyor Tohirov, Nikita Svetkov.
Akademik eshkak eshish:
05:00 — erkaklar: Shahboz Xolmurzayev;
05:20 — erkaklar juftligi: Mehrojbek Mamatqulov, Pavel Sorin;
06:10 — erkaklar juftligi: Maksim Golubev, Alisher Turdiyev;
06:50 — ayollar to‘rtligi: Rayhon Sattorova, Mariya Sergeyeva, Anna Aksenova, Aydana Smetullayeva;
10:10 — ayollar: Anna Prakaten;
10:30 — erkaklar: Firdavs Oxunov;
11:00 — erkaklar juftligi: Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaroliyev;
11:20 — ayollar juftligi: Anna Aksenova, Aydana Smetullayeva;
11:40 — erkaklar to‘rtligi: Shahboz Xolmurzayev, Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Pavel Sorin;
12:00 — erkaklar to‘rtligi: Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Maksim Golubev, Alisher Turdiyev.
O‘q otish:
05:45 — ayollar, 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan: Nigina Saidqulova;
06:00 — erkaklar, skit: Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharapov;
06:00 — erkaklar jamoaviy, skit: Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharapov, Ruslan Utaganov.
Qilichbozlik:
06:00 dan so‘ng — ayollar, rapira: Polina Volobouyeva;
06:00 dan so‘ng — erkaklar, sablya: Musa Aymuratov, Islombek Abdazov.
Suzish:
06:25 — 100 metrga chalqancha usulda: Parizod Abdukarimova.
Stol tennisi:
06:40 — aralash jamoaviy dastur: O‘zbekiston — Xitoy;
08:05 — ayollar: Arujan Kamalova — Yevana Tapa (Nepal);
08:50 — ayollar: Asel Erkebayeva — Burenjargal Sanjaa (Mo‘g‘uliston).
Karate:
08:05 — ayollar: Gulshan Alimardonova — Sirikammonatte Chokprasertgul (Tailand).
3x3 basketbol:
10:05 — ayollar: Yaponiya — O‘zbekiston.
Suv polosi:
10:30 — ayollar: O‘zbekiston — Tailand.
Gandbol:
11:30 — ayollar: O‘zbekiston — Koreya Respublikasi.
Skvosh:
11:30 — erkaklar: Muhammadmustafo Abdurahmonov — Sanjey Jiva (Malayziya);
12:15 — ayollar: Anna Yugay — Inn Vay Yong (Singapur);
12:15 — ayollar: Mannona Mamajonova — Ryo Boyam (Koreya Respublikasi);
13:00 — erkaklar: Yahyoxon Nazirov — Lau S Kvan (Gonkong).
Chim ustida xokkey:
13:00 — ayollar: O‘zbekiston — Yaponiya.
Og‘ir atletika:
13:00 — ayollar, 53 kilogramm: Nigora Abdullayeva.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA