Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogida 26 nafar futbolchimiz ishtirok etadi

Joriy yilning 1-21-mart kunlari futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘tkaziladi. Quvonarlisi ushbu musobaqada uzoq yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Osiyo kubogida jami 12 ta terma jamoa uch guruhga bo‘lingan holda raqobatlashadi. Guruh bahslarida 1-2-pog‘onani egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finalga yo‘l olsa, Osiyo kubogining yarim final ishtirokchilari 2027-yil Braziliyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.  

Yana eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 ta 3-o‘rindan joy olgan terma jamoalar 1/4 finalga chiqadi. Qit’a birinchiligining yarim final ishtirokchilari 2027-yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Darvoqe, chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar esa qo‘shimcha yo‘llanmalar uchun bellashadi. Pley-offdagi ikki g‘olib mundialda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar konfederatsiyalararo pley-off bosqichida o‘z omadini yana bir bor sinab ko‘radi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhida Shimoliy Koreya, Xitoy va Bangladesh bilan kuch sinashadi. Termamizning ilk o‘yini 3-mart kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tsa, Xitoy va Bangladesh bilan 6-9-mart sanasida to‘qnash keladi.

Shuningdek, "A" guruhidan Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin o‘rin olgan bo‘lsa, "C" guruhida Yaponiya, Vetnam, Hindiston va Xitoy Taypeyi termalari kuch sinashadi.

Ayni paytda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi litvalik murabbiy Kotrina Kulbite qo‘l ostida Avstraliyada mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Kotrina Kulbite Osiyo kubogida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi va ushbu tarkibdan 26 nafar futbolchi qizlarimiz o‘rin oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA