“Osiyo kubogi - 2027” O‘zbekiston terma jamoasi “V” guruhidan joy oldi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan qadimiy Dariya xarobalari fonida “Osiyo kubogi - 2027” turniriga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Yaponiya terma jamoasi sobiq yulduzi Xidetoshi Nakata, Saudiya Arabistoni terma jamoasi sardori Salim Al-Dovsari, Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami va Ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi hakami Janubiy koreyalik Kim Yu-Jeong bevosita ishtirok etdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “V” guruhida Bahrayn, KXDR hamda Iordaniya termalari bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.
Quyida qolgan guruhlardan joy olgan terma jamoalar bilan tanishasiz:
“A” guruhi: Saudiya Arabistoni, Kuvayt, O‘mon va Falastin;
“S” guruhi: Eron, Suriya, Qirg‘iz Respublikasi va Xitoy;
“D” guruhi: Avstraliya, Tojikiston, Iroq va Singapur;
“Ye” guruhi: Koreya Respublikasi, BAA, Vetnam hamda Livan / Yaman saralash juftligi g‘olibi;
“F” guruhi: Yaponiya, Qatar, Tailand va Indoneziya.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi turniri 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistonining Riyod, Jidda va Dammam shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA