Osiyo Chempionlar ligasida guruh bosqichi boshlanmoqda
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga start beriladi.
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga start beriladi.Qitʼamiz klublari oʻrtasidagi eng nufuzli turnirning guruh bosqichida jami 32ta klub bahs olib boradi. Quvonarlisi, ular qatoridan mamlakatimizning ikkita vakili ham oʻrin olgan. Joriy yilgi Osiyo Chempionlar ligasida mamlakatimiz chempioni “Lokomotiv” hamda vitse-chempion “Paxtakor” klublari vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Osiyo Chempionlar ligasi guruhlari bilan tanishing:
Gʻarb mintaqasi
“A” guruhi: “Al Vasl” (BAA), “Al Zavra” (Iroq), “Al Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Zoboxan” (Eron).
“B” guruhi: “Lokomotiv” (Oʻzbekiston), “Al Vahda” (BAA), “Al Rayan” (Qatar), “Al Ittihod” (Saudiya Arabistoni).
“C” guruhi: “Al Ayn” (BAA), “Al Duhayl” (Qatar), “Al Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Istiqlol” (Eron).
“D” guruhi: “Al Sadd” (Qatar), “Al Ahli” (Suadiya Arabistoni), “Paxtakor” (Oʻzbekiston), “Persepolis” (Eron).
Sharq mintaqasi
“E” guruhi: “Kyonnam” (Janubiy Koreya), “Johor Dorul Taʼzim” (Malayziya), “Kashima Antlers” (Yaponiya), “Shandon Luneng” (Xitoy).
“F” guruhi: “Tegu” (Janubiy Koreya), “Guanchjou Evergrand” (Xitoy), “Melburn Viktori” (Avstraliya), “Sanfrechche Xirosima” (Yaponiya).
“G” guruhi: “Beyjing Guan” (Xitoy), “Buriram Yunayted” (Tailand), “Chonbuk Motors” (Janubiy Koreya), “Urava Reds” (Yaponiya).
“H” guruhi: “Kavasaki Frontale” (Yaponiya), “Shanxay SIPG” (Xitoy), “Sidney” (Avstraliya), “Ulsan Xyunday” (Janubiy Koreya).
Bugun 1-tur doirasida 4ta uchrashuv oʻtkaziladi. Eʼtiborlisi, joriy yilgi musobaqani mamlakatimiz chempioni “Lokomotiv” hamda BAAning “Al Vahda” jamoalari oʻrtasidagi oʻyin ochib beradi.
OCHLning 1-tur oʻyinlari jadvali:
4 mart, dushanba.
16:00. “Lokomotiv” – “Al Vahda”
20:20. “Al Vasl” – “Al Nasr”
20:30. “Zoboxan” – “Al Zavra”
22:35. “Al Ittihod” – “Al Rayan”
Ertaga Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ham guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. “Sherlar” Tehrondagi mashhur “Ozodi” stadionida “Persepolis” klubi mehmoni boʻladi.
5 mart, seshanba.
13:30. “Melburn Viktori” – “Tegu”
15:00. “Kashima Antlers” – “Johor Dorul Taʼzim”
15:30. “Kyonnam” – “Shandon Luneng”
17:00. “Guanchjou Evergrand” – “Sanfrechche Xirosima”
20:00. “Persepolis” – “Paxtakor”
20:15. “Al Duhayl” – “Istiqlol”
20:20. “Al Ayn” – “Al Hilol”
22:15. “Al Ahli” – “Al Sadd”
6 mart, chorshanba
14:00. “Sidney” – “Ulsan Xyunday”
15:00. “Chonbuk Motors” – “Beyjing Guan”
15:30. “Urava Reds” – “Buriram Yunayted”
16:30. “Shanxay SIPG” – “Kavasaki Frontale”
Biz boʻlajak oʻyinlarda har ikki klubimizga omad tilaymiz.