Osiyo chempionatida navbatdagi medallar shodasi qo‘lga kiritildi
Tailandning Bangkok shahrida para pauerlifting bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatining ikkinchi kungi bahslari ham biz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Irodali para pauerliftingchilarimiz musobaqa mobaynida 10 ta oltin va 1 ta kumush medalga ega chiqdi.
Xususan, yoshlar o‘rtasida 59 kg. vazn toifasida Umidjon Eshboyev, 65 kg. vazn toifasida Hojiakbar Homidov hamda 55 kg. vazn toifasida Oyshaxon Karimbergenova 2 tadan jami 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kattalar o‘rtasida esa 50 kg. vazn toifasida Nasiba Toshpo‘latova va 55 kg. vazn toifasida Aqidaxon Axtamova ham 2 tadan jami 4 ta oltinni naqd qildi. Shu tariqa 10 ta oltin medal jamg‘argan matonat sohib va sohibalari bu bilan ham cheklanishmadi.
50 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Dildora Nurillayeva kumush medalga muvaffaq bo‘ldi.
Sherbek Islomov, O‘zA