Osiyo chempionatida 17 nafar vakilimiz chorak finalga chiqdi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida bugun, 3-aprel kunidan boshlab chorak final bahslariga start beriladi.
Ayni damda ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasining 17 nafar vakili yetib kelgan. Shuningdek, Hindiston — 19, Qozog‘iston — 17, Mo‘g‘uliston va Xitoy — 12, Yaponiya — 10, Janubiy Koreya hamda Xitoy Taypeyi — 8, Iordaniya — 7, Tojikiston va Tailand — 6, Turkmaniston va Qirg‘iziston — 5, KXDR — 4, Butan, Filippin, Indoneziya — 2, BAA bilan Vetnam terma jamoalarining bir nafardan vakili yarim final ostonasida jang qiladi.

Ma’lumot uchun, bugun Osiyo chempionati chorak finalida 3 nafar charm qo‘lqop ustamiz yarim final uchun ringga ko‘tariladi.
Juftliklar bilan tanishing:
-51 kg: Gulsevar G‘aniyeva - Yu Vu (Xitoy),
-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova - Namuun Monxor (Mo‘g‘uliston)
-55 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA