Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham yakunlandi.
Unda terma jamoamizning 8 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi. Ulardan olti nafari – Nodirjon Mirzahmedov, Mirazizbek Mirzahalilov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov, Gulasal Sultonaliyeva hamda Sitora Turdibekova o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘ldi. Afsuski, Tursunoy Rahimova va Rayhona Qodirova muvaffaqiyatsizlikka uchrab, chempionatdagi ishtirokini yakunladi.

26 may kuni qit’a birinchiligida 6 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz jang qiladi:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Ramish (Afg‘oniston)
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Abdurahmon Yoqubov (Tojikiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Rustambek Nuradin Uuli (Qirg‘iziston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov – Begjigit Omurbek Uulu (Qirg‘iziston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Nassir Said (Qatar)
+91 kg: Bahodir Jalolov– Siyovush Zuxurov (Tojikiston)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA