Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasidagi yarim final janglarida O‘zbekiston terma jamoasining 23 nafar vakili ringga ko‘tarildi.
Quvonarlisi, ular orasidan 15 nafari: Temurbek Baxtiyorov, Sarmat Shokarimov, Muhriddin Hamidjonov, Zarifjon Ne’matov, Elshod Shokirjonov, Hasan Xolmurodov, Jahongirjon Usmonqulov, Hadyatulloh Saydullayev, Meyrambek Aliyev, Ezmir O‘ktamov, Elshod Oblaqulov, Sabinaxon Komiljonova, Rayhona Alimxanova, Parvina Shakarova va Madinabonu Xudoyorova final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shuningdek, yarim final bellashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan Oybek Alimjonov, Ominaxon Nosirova, Sug‘diyona Abduazimova, Dildora To‘lqinova, Mohichehra Hamidova, Angelina Umarova, Marjona Sultonova hamda Fazilatxon Tursunova o‘z vazn toifalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 27 aprel kuni o‘smirlar toifasida yarim final janglari tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston U17 terma jamoasining 19 nafari a’zosi jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA