Osiyo chempionati: 9 nafar bokschimiz yarim finalda
Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Chempionatning kechagi kunida o‘smirlar o‘rtasida chorak final bellashuvlari o‘tkazildi. Unda Maftuna Musurmonova, Nilufar Hamdamova, Robiya Ravshanova, Farzuna Ro‘ziyeva, Sevara Mamatova, Xadichabonu Bekova, Maftuna Yangiyeva, Hikmatilla Sobirov va Elyor Rustamov o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonib, yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Afsuski, mazkur bosqichda Muxtasar Aliyeva hamda Bahora Esonova kabi bokschilarimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 4 sentyabr kuni 11 nafar o‘smirlarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 13:00 dan boshlab start oladi.

Quyida bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin:
-50 kg: Muhammad Rizo Ukimov - Munkh-Erdene Odbayar (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Behruz Qurbonov - Jia-Xian Su (Xitoy Taypeyi)
-54 kg: Ibrohim Shokirjonov - Seyedali Malakoutidehkord (Eron)
-57 kg: Jahongir Zaynidinov - Vindel Saytuna (Filippin)
-60 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev - Ahmadshoh Hoshimov (Tojikiston)
-63 kg: Suxrob Rahmatullayev - Muhammadqodir Abdumanabov (Qirg‘iziston)
-66 kg: Jasurbek Usmonjonov - Jitesh Sangvan (Hindiston)
-70 kg: Diyorbek Murodilloyev - Nurassil Karimbek (Qozog‘iston)
-75 kg: Asilbek Abdusamadov - Fazliddin Vahidov (Qirg‘iziston)
-80 kg: Jahongir Ergashev - Kuang-Yao Cheng (Xitoy Taypeyi)
+80 kg: Islom Solihov - Krish (Hindiston)
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA