Birlashgan Arab Amirliklarining Al’-Ayn shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar, o‘smir qizlar, kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha mazkur musobaqaning chorak final bahslari o‘z yakuniga yetdi. 1/4 final bosqichining so‘nggi kunida o‘smirlar toifasida Muhammad Rizo Ukimov, Behruz Qurbonov, Ibrohim Shokirjonov, Jahongir Zayniddinov, Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev, Suhrob Rahmatullayev, Jasurbek Usmonjonov, Diyorbek Murodilloyev, Asilbek Abdusamadov, Jahongir Ergashev va Islam Salihov kabi bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.   

Shu tariqa, qit’a birinchiligining yarim finaliga terma jamoamizning 33 nafari yetib keldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘smirlar 13 ta, o‘smir qizlar va kichik o‘smirlarimiz 10 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi.  

Bugun chempionatning kichik o‘smirlar toifasidagi yarim final bellashuvlarida quyidagi sportchilarimiz ringga ko‘tariladi:  

-33 kg: Aslbek Rozo‘mbayev – Ali Abdikamal (Qozog‘iston);  

-35 kg: Yaxyo Komilov – Dilshod Sidjayev (Tojikiston);  

-37 kg: Kamronbek Bahodirov – Uday Singh (Hindiston);  

-40 kg: Javlonbek Mahammadisaqov – Bekxan Urazbay (Qozog‘iston);  

-43 kg: Muhammadali Istamov – Muslim Pansher (Qirg‘iziston);  

-46 kg: Bekzodbek Ravshanbekov – Emir Mukhit (Qozog‘iston);  

-55 kg: Ahmadxon Abdusattorov – Abdimansur Jaksilik (Qozog‘iston);  

-58 kg: Abduvohid Abdumajidov – Naman Kumar (Hindiston);  

-67 kg: Muhammadrizo Holdarov – Kamil Shar (Qirg‘iziston);  

-70 kg: Ayubxon Muhammadaliyev – Jaideyep Singh (Hindiston).  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: 33 nafar bokschimiz yarim finalda